#Matbuot_anjumani
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi
20-fevral kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining tasdiqlanishi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov, Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Umid Abidxoʻjayev, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Iskandar Qutbiddinov, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulla Abduqodirov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov ishtirok etdilar.
Taʼkidlanganidek, Prezidentimizning 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini izchil amalga oshirishning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib, milliy taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab bergan tarixiy hujjatdir.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135214
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Taʼlim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida 10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning “Top–1000” reytingiga kiritish, 200 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda ish beruvchilarning 99 foizi tomonidan oliygohlar faoliyatini ijobiy baholash darajasiga erishish vazifasi qoʻyilgan.
Ilm-fanni innovatsion iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish doirasida 1 600 ta amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish, 1 000 ta ilmiy ishlanmani tijoratlashtirish, har million aholiga 2 000 nafar tadqiqotchi toʻgʻri kelishiga erishish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2030-yilga qadar Global innovatsiyalar indeksida dunyoning ilgʻor 60 ta davlati qatoriga kirish maqsad qilingan.
Sohani institutsional jihatdan mustahkamlash maqsadida 41 ta strategik hujjat ishlab chiqilib, oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiya va maʼnaviy tarbiya sohalaridagi milliy konsepsiyalar zamon talablariga moslashtiriladi.
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida qabul qilingan Davlat dasturi esa strategik vazifalarni amaliy bosqichga olib chiqmoqda. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida oliygohlar ixtiyorida qoladigan mablagʻlarning 10 foizi inkubatsiya markazlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135214
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3👏2
Oksford universiteti bilan hamkorlikda “Oxford Hub” ochildi
20-fevral kuni “Yangi Oʻzbekiston” universitetida dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri — Oksford unversiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oxford Hub”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
"Yangi Oʻzbekiston" universiteti va Oksford universiteti oʻrtasidagi mazkur hamkorlik Oʻzbekiston oliy taʼlimining global akademik makonga integratsiyasini chuqurlashtirish, zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlarini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20-fevral kuni “Yangi Oʻzbekiston” universitetida dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri — Oksford unversiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oxford Hub”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo oliy taʼlimida xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. U ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va taʼlim dasturlarini rivojlantirish uchun institutsional platforma vazifasini bajaradi.
Ochilish marosimida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo elchisi, Oksford universitetining katta tadqiqotchisi Jon Olderdayz ishtirok etib, nutq soʻzladi.
Tadbir doirasida Lord Jon Olderdayzning taʼlim va ilm-fan sohasidagi hissasi hamda xalqaro akademik muloqotni rivojlantirishga qoʻshgan ulushi eʼtirof etildi. Unga “Yangi Oʻzbekiston” universitetining “Faxriy professori” unvoni tantanali ravishda topshirildi.
"Yangi Oʻzbekiston" universiteti va Oksford universiteti oʻrtasidagi mazkur hamkorlik Oʻzbekiston oliy taʼlimining global akademik makonga integratsiyasini chuqurlashtirish, zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlarini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤21👍4🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni
Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.
Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
✅ Aviatsiya muhandisligi
✅ Agro texnologiyalar muhandisligi
✅ Mashinasozlik muhandisligi
✅ Robot muhandisligi
✅ Yashil energetika muhandisligi
✅ Chip dizayn muhandisligi
✅ Arxitektura muhandisligi
✅ Tibbiyot muhandisligi
✅ Energetika muhandisligi
Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
✨ O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.
Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
✨ O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤11🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (16–21-fevral kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti
➖Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot;
➖Urganch davlat universitetining 90 yilligi keng nishonlandi;
➖Turkiyaning Ege universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi;
➖“Ogʻir” mahallalar uchun master rejalar: talabalar amaliyotga jalb etiladi va treninglar tashkil etiladi:
➖Rimda Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi:
➖Buxoro davlat pedagogika institutida “Qoraqalpoq madaniyat kuni” tadbiri o‘tkazildi:
➖ Oksford universiteti bilan hamkorlikda “Oxford Hub” ochildi;
➖“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi;

❤13👍1
TATU Euro-Inf sifat belgisiga sazovor bo‘ldi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti informatika yo‘nalishida ta’lim sifatini yana bir bor xalqaro miqyosda tasdiqladi. European Quality Assurance Network for Informatics Education (EQANIE) tomonidan beriladigan Euro-Inf sifat belgisi bakalavriat va magistratura dasturlarining Yevropa akademik hamda professional standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
TATUning “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Infokommunikatsiya injiniringi” va “Sun’iy intellekt” ta’lim dasturlari Euro-Inf bilan e’tirof etildi.
Mazkur yutuq ta’lim dasturlarining xalqaro ekspertiza asosida baholanganini, bitiruvchilarning raqobatbardoshligini hamda diplomlarning o‘zaro tan olinishi imkoniyatini anglatadi.

❤16👍7🔥2
#Forum
"IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Turizm kafedrasi tashabbusi bilan "21-fevral – Butunjahon turizm gidlari kuni" munosabati bilan "IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” tashkil etildi.
Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Forumda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi mas’ullari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida mehnat qilayotgan gidlar, Urganch davlat universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turizm gidlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy gidlik standartlari, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, milliy madaniy merosni targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

👍6❤5🥰1🤩1