Edu.uz
126K subscribers
31.3K photos
6.21K videos
264 files
15.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Onlayn_olimpiada

📣 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTEʼMOLCHI” IV onlayn olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

⭐️ Tanlov ikki bosqichda boʻlib oʻtadi:

1️⃣-BOSQICH – 2026-yil 2-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʻyxatdan oʻtgan talabalar uchun test sinovlari oʻtkaziladi.

2️⃣-BOSQICH – 2026-yil 5-mart kuni 1-bosqich test natijalariga koʻra, saralangan 16 nafar talaba bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

🏆 Gʻoliblarni esdalik sovgʻalari kutmoqda! 🏆

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: olimpiada.edu.uz.
2026-yil 12-fevraldan 27-fevralga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot:
raqobat.gov.uz
+99871 207-47-00 (321)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7😁31🔥1🤔1
Edu.uz pinned a photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Italiya #Rektorlar_forumi

Rim shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi video lavhada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍138🎉3👏2🔥1
🛜“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha savollaringiz bormi? Matbuot anjumaniga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Uni aholiga keng yetkazish maqsadida 20 fevral kuni soat 11:00 da matbuot anjumani o‘tkaziladi. Tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

📍 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.

Maʼlumot uchun:
+998712030308
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥2👏1
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Marangoni instituti bilan moda va dizayn sohasida taʼlim hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi


19-fevral kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning nufuzli taʼlim muassasalaridan biri — Marangoni instituti bosh menejeri Stefaniya Valenti xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida tomonlar moda va dizayn, sanʼat va vizual kommunikatsiya, ijodiy tadbirkorlik hamda brendlarni boshqarish sohalarida taʼlim boʻyicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134900

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍6👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Donald Tramp: “Shavkat Mirziyoyev — mening do‘stim, mamlakatingizda ishlar zo‘r ketyapti, siz zo‘r ketyapsiz!”

AQSH prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida e’tirof etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
35😁28🤔24👍5🔥4
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Trento universiteti bilan qayta tiklanuvchi energiya sohasida ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiya Respublikasining Trento universiteti professori, Rektorning ekologik barqarorlik masalalari boʻyicha delegati Marko Ragassi bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya, ekologik barqarorlik va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, “Energia Samarkand” loyihasi doirasida Samarqand viloyatida energiya transformatsiyasini amalga oshirish, dekarbonizatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Muloqot davomida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, energiya resurslarini baholash va xaritalash, moliyaviy modellashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134901

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1211👏1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите Совета мира

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the Board of Peace

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
12👍9
#Matbuot_anjumani

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi


20-fevral kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining tasdiqlanishi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov, Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Umid Abidxoʻjayev, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Iskandar Qutbiddinov, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulla Abduqodirov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov ishtirok etdilar.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimizning 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini izchil amalga oshirishning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib, milliy taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab bergan tarixiy hujjatdir.

Taʼlim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida 10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning “Top–1000” reytingiga kiritish, 200 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda ish beruvchilarning 99 foizi tomonidan oliygohlar faoliyatini ijobiy baholash darajasiga erishish vazifasi qoʻyilgan.

Ilm-fanni innovatsion iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish doirasida 1 600 ta amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish, 1 000 ta ilmiy ishlanmani tijoratlashtirish, har million aholiga 2 000 nafar tadqiqotchi toʻgʻri kelishiga erishish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2030-yilga qadar Global innovatsiyalar indeksida dunyoning ilgʻor 60 ta davlati qatoriga kirish maqsad qilingan.

Sohani institutsional jihatdan mustahkamlash maqsadida 41 ta strategik hujjat ishlab chiqilib, oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiya va maʼnaviy tarbiya sohalaridagi milliy konsepsiyalar zamon talablariga moslashtiriladi.

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida qabul qilingan Davlat dasturi esa strategik vazifalarni amaliy bosqichga olib chiqmoqda. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida oliygohlar ixtiyorida qoladigan mablagʻlarning 10 foizi inkubatsiya markazlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135214

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3👏2