Edu.uz
126K subscribers
31.3K photos
6.21K videos
264 files
15.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qoraqalpog‘istondagi qizil toifadagi mahallalarning master-rejalari ishlab chiqilmoqda

Qoraqalpoq davlat universitetning Qurilish va Arxitektura fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 76 ta qizil toifadagi mahallalarga biriktirilib, ularning master-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ishlarni boshladi. Bu jarayonda hududlarning mavjud infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy obyektlar joylashuvi, yo‘l va transport tizimi, yashil hududlar hamda aholi turmush sharoiti chuqur o‘rganilmoqda.

#Prezident_topshirig‘i_ijrosi_amalda

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/130748

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍2
Farg‘onada zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Farg‘ona davlat universitetida 360 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, universitet jamoasi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ushbu turar joy barcha zarur infratuzilma hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Binoda yotoq xonalari, o‘quv va dam olish xonalari, oshxona hamda boshqa xizmat ko‘rsatish joylari tashkil etilgan.


Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga o‘qish va kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍4🔥2
Global Women’s Breakfast 2026: TDTUda ilm-fan sohasidagi ayollar e’tirof etildi

Toshkent davlat texnika universitetida 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan nufuzli ilmiy-ma’rifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) tashabbusi bilan dunyo miqyosida o‘tkaziladigan Global Women’s Breakfast 2026 (GWB 2026) platformasi doirasida tashkil etildi.

Batafsil...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10🔥4👍3