#Xalqaro_hamkorlik
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari Finlandiya hamda Shvetsiyada malaka oshirdilar
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida Oliy ta’lim muassasalarining bir guruh rahbar va pedagog kadrlari Finlandiya hamda Shvetsiyada malaka oshirib qaytdilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Mazkur malaka oshirish kursi Finlandiyaning O’zbekistondagi Konsulligi, O’zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi ko’magida hamda Xalqaro Nordik universiteti va Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, uning 72 soati Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 72 soati esa Finlandiya va Shvetsiyaning TOP-500 reytingdan joy olgan Yuvaskula tadqiqot universiteti, JAMK amaliy fanlar universiteti hamda Helsinki universitetida olib borildi. Unda xorijiy ta’lim muassasalari oʻquv dasturlari va darsliklari, fin modeli asosida oʻqitish metodikalari hamda Finlandiya va Shvetsiyada ta'lim jarayonlarida qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg'or o'qitish metodlarini tatbiq etish bo‘yicha tajribalar almashildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤13🔥2👏1
Qoraqalpog‘istondagi qizil toifadagi mahallalarning master-rejalari ishlab chiqilmoqda
Qoraqalpoq davlat universitetning Qurilish va Arxitektura fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 76 ta qizil toifadagi mahallalarga biriktirilib, ularning master-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ishlarni boshladi. Bu jarayonda hududlarning mavjud infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy obyektlar joylashuvi, yo‘l va transport tizimi, yashil hududlar hamda aholi turmush sharoiti chuqur o‘rganilmoqda.
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi_amalda
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/130748

❤13👍2
Farg‘onada zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Farg‘ona davlat universitetida 360 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga o‘qish va kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat universitetida 360 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, universitet jamoasi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ushbu turar joy barcha zarur infratuzilma hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Binoda yotoq xonalari, o‘quv va dam olish xonalari, oshxona hamda boshqa xizmat ko‘rsatish joylari tashkil etilgan.

❤13👍4🔥2