Edu.uz
126K subscribers
31.3K photos
6.21K videos
264 files
15.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OlimaAyollarForumi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda olima ayollarning roli” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yetakchi olima ayollar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Forum davomida olima ayollarning iqtisodiy siyosatni shakllantirishdagi ilmiy yondashuvlari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga taklif etayotgan innovatsion yechimlari, hududlar rivoji, bandlikni ta’minlash, inson kapitalini mustahkamlash va jamiyatda ijtimoiy muvozanatni saqlashdagi o‘rni muhokama qilindi.

👉🏻 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍4😁2
SheSCIENCE 2026: Ilmiy hamkorlik va gender tenglik sari

11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari xalqaro forumi tashkil etildi.

Anjumanni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi direktori Kanokpan Lao-Araya, TWAS vitse-prezidenti Sabah Almomin Markaziy Osiyoda ayol olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish borasida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va yurtimizdan 200 nafarga yaqin olima ayollar ishtirok etdi.

Forum doirasidagi panel sessiyalarda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi gender tenglik, mintaqaviy va global hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik, raqamli texnologiyalar va biotexnologiya kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.


Forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda TWAS — Jahon fanlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍8
“SHeSCIENCE 2026” – Markaziy Osiyo olima ayollarining xalqaro ilmiy konferensiyasi “O‘zbekiston-24” telekanali informatsion dasturlari orqali jonli yoritildi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍3