#tanlov #Eslatma
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi.
Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir.
Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang!
📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
➖ 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling;
➖ e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring.
Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!
📃Tanlov nizomi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!

🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari;
🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari;
🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.
Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!
📃Tanlov nizomi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5
#eslatma
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashni unutmang!
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.
Unda:
➖ qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: mazkur muddatni uzaytirish tartibi faqat birinchi bosqichga (bakalavriat va magistratura) qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun ushbu tartib tatbiq etilmaydi.

❤9👏6👍5
Hunarmandlar universiteti tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida tashkil etilgan turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyati bilan tanishdi, turist va hunarmandlar bilan muloqot qildi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga “Olmazor” innovatsion o‘sish hududini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja taqdimot qilindi.
Taqdimotda hududni fazoviy-hududiy rivojlantirish konsepsiyasi, ehtiyojlarni baholash natijalari hamda funksional zonalashtirish yechimlari ko‘rsatib o‘tildi.
Master-rejaga muvofiq, ta’lim-innovatsiya, turizm va savdo, madaniy meros, biznes hamda IT xizmatlarini qamrab olgan “rivojlanish koridorlari” shakllantiriladi.
Eski shahar atrofida Talabalar shaharchasi, universitet va texnoparklar, sog‘liqni saqlash obyektlari, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi, Chorsu va tarixiy shahar markazini o‘z ichiga olgan turizm yo‘nalishlari o‘zaro bog‘lanadi. Shu bilan birga, shimoliy markaziy ishbilarmonlik hududida ofislar, IT-park va biznes markazlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida tashkil etilgan turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyati bilan tanishdi, turist va hunarmandlar bilan muloqot qildi.
– Biz turistlar uchun sharoit yaratishni istaymiz, lekin buning asosini ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Masalan, hunarmandchilik – milliyligimizni ifodalaydigan asosiy yo‘nalishlardan biri. Shu bois hunarmandlar mahsulot ishlab chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bizning vazifamiz. Malakali kadrlar tayyorlash zarur. Shu maqsadda hunarmandlar universitetini tashkil etish maqsadga muvofiq. Biz tadbirkorlar bilan uchrashyapmiz, endilikda hunarmandlar bilan ham alohida uchrashuvlar tashkil etamiz, – dedi Prezident.
Shu yerda davlatimiz rahbariga “Olmazor” innovatsion o‘sish hududini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja taqdimot qilindi.
Taqdimotda hududni fazoviy-hududiy rivojlantirish konsepsiyasi, ehtiyojlarni baholash natijalari hamda funksional zonalashtirish yechimlari ko‘rsatib o‘tildi.
Master-rejaga muvofiq, ta’lim-innovatsiya, turizm va savdo, madaniy meros, biznes hamda IT xizmatlarini qamrab olgan “rivojlanish koridorlari” shakllantiriladi.
Eski shahar atrofida Talabalar shaharchasi, universitet va texnoparklar, sog‘liqni saqlash obyektlari, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi, Chorsu va tarixiy shahar markazini o‘z ichiga olgan turizm yo‘nalishlari o‘zaro bog‘lanadi. Shu bilan birga, shimoliy markaziy ishbilarmonlik hududida ofislar, IT-park va biznes markazlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍15
Mahalla bosh rejalari uchun talabalar tanlovi: eng yaxshi loyihalarga 100 million so‘m mukofot!
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Turkiyadan mutaxassislar jalb etilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanayotgani ta’kidlandi.
Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlandi.
Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.
Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi ta’kidlandi.

👍19❤16🤔2
#vazir #xizmat_safari
Qarshida yoshlar uchun raqamli imkoniyatlar kengaymoqda: xalqaro IT kompaniyalar tajribasi
Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida texnopark hududida faoliyat olib borayotgan xalqaro AT kompaniyalarning real ish jarayonlari, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlari hamda yoshlar bandligini taʼminlashdagi amaliy hissasi, Xususan, xorijiy buyurtmachilarga masofadan AT xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan va bugungi kunda 20 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlagan “IT-call Qarshi” MCHJ faoliyati koʻzdan kechirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123749

1❤25👍5🔥2👏1🤩1