Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Eʼtirof

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan bir guruh faol yoshlar, jamoatchilik vakillari taqdirlandilar.

Ular orasida Oliy ta’lim muassasasalari vakilllari ham bor.

🎖Bo‘ronov Suhrob Muxammadi o‘g‘li – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, dotsent

🎖Varisova Begoyim Rivojidin qizi – Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi

🎖Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li – Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar yetakchisi

🎖Kobulov Ilxomjon Turgunboyevich – Andijon davlat texnika instituti yoshlar yetakchisi

🎖Tolipov Izatullabek Abdulhoy o‘g‘li – Termiz davlat universiteti yoshlar yetakchisi

🎖Abduraxmanov Abdulaziz Xujamurot o‘g‘li – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi

🎖Suyarov Shaxzod Salim o‘g‘li – Toshkent davlat texnika universiteti yoshlar yetakchisi

🎖Abadanov Dauranbek Japbarbergenovich – Qoraqalpoq davlat universiteti yoshlar yetakchisi

🎖Kamilov Jasurbek Dilshodovich – Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi, Butunjahon yoshlar ofisi rahbari

Ularning yoshlar bilan ishlashdagi tashabbuskorligi, ijtimoiy-tarbiyaviy loyihalardagi faol ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi mas’uliyati ushbu yuksak e’tirofga munosib deb topildi.

Yuksak mukofot sohiblarini samimiy qutlaymiz, kelgusidagi faoliyatida mustahkam sog‘liq, yangi yutuqlar va Vatan ravnaqi yo‘lida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍9🤩1
ELO xalqaro ingliz tili olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Amman shahrida bo‘lib o‘tgan ELO xalqaro ingliz tili olimpiadasida dunyoning 58 ta oliy ta’lim muassasasidan 100 dan ortiq kuchli jamoalar ishtirok etdi.

Kuchli raqobat sharoitida O‘zbekiston terma jamoasi olimpiadaning barcha bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etib, musobaqaning eng oliy va nufuzli mukofoti — SUPER KUBOK sohibiga aylandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113685

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👍14👏4🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!

Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!


📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.

Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.

🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:

🌍 Veb-sayt: www.president.uz
📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev
📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍14🔥6😱1
Forwarded from Kelajak soati
“Kelajak soati”da audiochat!

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov ishtirok etadi.

Moderator: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova.

Audiochatda bogʻcha, maktab va OTMlarda yoʻlga qoʻyilgan Kelajak soati darslari, qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida suhbatlashamiz.

Hurmatli pedagoglar, oʻquvchi, talaba, ta’lim sohasi vakillari, muloqotimiz barcha uchun ochiq! Unda siz bemalol mehmonlarimizdan mavzu boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Audiochat 25-dekabr, payshanba kuni soat 19:00da boʻlib oʻtadi.

Savollarni @KelajakSoati_murojaat_bot manziliga yuborishingiz mumkin.

Kelajak soati boʻyicha savol va takliflaringiz boʻlsa, albatta, muloqotimizda ishtirok eting! Har bir taklif, fikr biz uchun qadrli!

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
13👍10😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing

👉 Matn shaklida o‘qish.

🎞 YouTube'da ko‘rish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍166😁2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik #Giyohvandlik

“Ko‘rinmas zanjir”


Mazkur videorolikda giyohvandlik, bekorchilik va salbiy muhitning yoshlar hayoti hamda kelajagiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri ta’sirchan tarzda aks ettirilgan. Voqealar rivoji giyohvandlikning nafaqat aybdor shaxs, balki butun oila tazzuliga olib kelishini ochib beradi.


Ushbu videorolik Toshkent davlat transport universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍168🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!

🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.

Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.

✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling:

✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): “O‘zbekiston” telekanalida;

✈️Rus tilida tarjima bilan: “Dunyo bo‘ylab” va “Toshkent” telekanallarida;

✈️Ingliz tilida tarjima bilan: “Yoshlar” telekanalida.
〰️〰️〰️〰️

🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.

📌Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍8
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.

So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.

Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.

Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin
”,

– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍5🎉2🤔1
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.

“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi.

Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi
,

– dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍4🔥1
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.

O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.

Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍4🔥3
Bundan ikki yil oldin “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 160 milliard dollarga yetkazish belgilangan edi.

“Ko‘rib turibsizlar, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy sheriklarimiz bilan hamkorligimiz o‘sib borayotgani hisobiga ushbu marraga 2026-yilning o‘zida bemalol erisha olamiz,

– dedi Prezidentimiz.

Hozirgi global iqtisodiyotda raqobatga chidamli bo‘lish uchun malakali kasb egalari va mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutmaslik lozim.

Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sohalarni rivojlantirish, katta daromad keltiradigan servislarni ko‘paytirish, bioinjeneriyadan keng foydalanish, ilg‘or agrotexnika va suv tejaydigan usullarni faol qo‘llash, “yashil” energetika, chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish, ta’lim va tibbiyotda ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish uchun yangi texnologiyalarni olib kirsak, kadrlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga tayyorlasak, kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oshirishga barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍4
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi.

Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.

Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi
,

– dedi Prezidentimiz.

Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍5🔥1
Yangi yilning nomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi.

Ushbu dasturda yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topadi.

“Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. Bu yo‘ldagi ishlarimiz har bir soha va tarmoqda chuqur transformatsiyani talab qiladi.

Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi o‘rtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kirish.

Farg‘ona vodiysidan Orolbo‘yigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib, Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz bugundan boshlab islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada ko‘proq his qilishi kerak.

Shuning uchun, kirib kelayotgan 2026-yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barcha-barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi”,

– dedi Prezidentimiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3