Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#oliygohlar #taqdimot

Oliygohlarning yil yakunlari va kelgusi ustuvor vazifalariga bagʻishlangan navbatdagi taqdimotlari oʻtkazildi

Oliy taʼlim tashkilotlarida joriy yil davomida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan navbatdagi tahliliy taqdimot boʻlib oʻtdi. 2025-yil 23-dekabr kuni tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov ishtirok etdi.

Taqdimot davomida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institute, Geologiya fanlari universiteti tomonidan oʻquv jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, har bir muassasaning kelgusi yilga moʻljallangan strategik rejalari muhokama markazida boʻldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113566

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍7🤔3🔥1
#Olima_ayollar

TATU professori “Yil ayoli” milliy tanlovi g‘olibi va xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi


Bugun, 23-dekabr kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovning “Olima ayollar” yo‘nalishi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamedova faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Professor D. Muhamediyeva tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlashga mo‘ljallangan dasturiy yechim ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilib, samarali natijalar ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, mazkur ilmiy faoliyat xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi. Nufuzli GovInsider xalqaro axborot platformasining “Meet the Women in GovTech 2025” maxsus loyihasida ham D. Muhamedova ayollar yetakchiligi, inklyuziv texnologiyalar va GovTech sohasidagi hissasi bilan alohida taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Olima” grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha:

97 foiz aniqlik ko‘rsatkichiga
erishgan;
hududiy tibbiyot muassasalarida sinovdan o‘tkazilgan;
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan ilmiy ishlanma sifatida e’tirof etilgan.

Mazkur natijalar O‘zbekistonda ilm-fan, sun’iy intellekt texnologiyalari va olima ayollar salohiyati xalqaro miqyosda tobora ortib borayotganining dalilidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5416🔥5👏3🎉1
#xalqaro_hamkorlik

Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasini yaratish boʻyicha hamkorlik bitimi imzolandi


Zhejiang Sci-Tech University tashabbusi bilan joriy yilning 23-dekabr kuni Xanchjou shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo toʻqimachilik universitetlari alyansi” hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida “Qadimiy va zamonaviy Ipak yoʻli” Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, shuningdek, respublikamizning toʻqimachilik sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Markaziy Osiyo tomoni vakili sifatida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Baxtiyor Nasimov qoʻshma laboratoriya direktori lavozimiga tayinlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113654

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍160🔥158149🤩140🎉130
#maqola

Yoshlar – mamlakatning bebaho kapitali. Davlat ijtimoiy liftlar yaratish orqali har bir yigit-qizning jamiyatda, tobora raqobat ortib borayotgan mehnat bozorida o‘rnini topishi uchun g‘amxo‘rlik qilishi, ularga o‘z qobiliyati va salohiyatini namoyon etib, rivojlantirishi uchun barcha shart-sharoitni yaratishi shart. zamonaviy ta’lim, kasb-hunar tizimi bunda eng birlamchi va hal qiluvchi bo‘g‘in sanaladi.


“O‘zbekiston ovozi”
gazetasining 24-dekabr kungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Kadrlar tayyorlash sifati jahon standartlari darajasiga chiqmoqda” mavzusida gazeta muxbiri bilan suhbati chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6🔥3👏3👍1
#oliygohlar #taqdimot

Oliy taʼlimda natijalar va kelgusi maqsadlar muhokamasi

24-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlarining navbatdagi taqdimotlarini tinglab, oliygohlarni sifat jihatdan rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.

Taqdimot davomida Buxoro davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Andijon davlat universiteti hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining oʻtgan yildagi faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi. Ayniqsa, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, oʻquv jarayonini raqamlashtirish hamda oliy taʼlimni iqtisodiyot va hududlar ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113883

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2312