Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jamoatchilik_eshituvi

Oliy va kasbiy taʼlim tizimida inklyuziv muhit masalalari jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi


22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud toʻsiqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazirlik masʼul xodimlari, Jamoatchilik kengashi aʼzolari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim muassasalari vakillari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/113132

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍3👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Giyohvandlik – bu nafaqat sog‘liq, balki or-nomus, kelajak va oilaviy baxtni ham yemiruvchi xavf.

Ushbu videorolik O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan tayyorlandi.

Giyohvand moddalar yoshlarni aldov bilan o‘z domiga tortadi, ammo natijasi doim bir xil: kasallik, iztirob, yakkalanish va halokat.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍1
#Olimlar_minbari
#15-21.12.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Tadqiqotchining raqamli tashrif qog‘oziSardor NAZIROV, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori;

Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammiti: umumiy maqsadlarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatiTo‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

Tinchlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lidagi mushtarak intilishlarAbdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

Maqsadga erishishning yagona yo‘li – ta’limMuhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor;

«ТУИТ на пути к международному признанию: аккредитация ABET открывает новый этап в развитии системы образования Узбекистана»Шерзод ГУЛОМОВ, начальник отдела контроля качества образования Ташкентского университета информационных технологий, профессор;

Ta’bir izohatiAlibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik;

Sun’iy intellekt – yusalishning strategik yo‘nalishiMuhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor;

Tamadduning uyg‘unlashuv poydevoriZebo QOBILOVA, Qo‘qon universiteti prorektori, professor;

Ta’lim islohotlari oliygohlar faoliyatida namoyonNuriddin RAHMONOV, Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i;

«Глобальные цели ЮНЕСКО сформулированы в Самарканде с участием делегатов из почти 200 стран»Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5👍1
Xitoy–Oʻzbekiston energetika tizimlarini va elektr taʼminotini simulyatsiya qilish qoʻshma markazi ish boshladi

Toshkent davlat texnika universitetida Xitoyning Changtong Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xitoy–Oʻzbekiston energetika tizimlarini va elektr taʼminotini simulyatsiya qilish qoʻshma markazi foydalanishga topshirildi.

Markaz zamonaviy kompyuterlar hamda maxsus dasturiy mahsulotlar bilan jihozlandi. Yaratilgan texnik baza elektr taʼminoti tizimlarini simulyatsiya qilish, katta hajmdagi hisoblash va tahlil ishlarini bajarish, elektr tarmoqlarining turli ish rejimlarini modellashtirish, shuningdek, taʼlim jarayonida virtual laboratoriyalar tashkil etish imkonini beradi.

Mazkur qoʻshma markaz Sharqiy-Shimoliy elektr energetikasi universiteti (NEEPU), Xitoy elektr energetikasi tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida tashkil etildi.


Qayd etilishicha, mazkur markaz energetika sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash va elektr energetikasida raqamli modellashtirish texnologiyalarini joriy etishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍12🔥2
#Eslatma

Attestatsiya test sinovlari natijalari yuzasidan murojaatlar 26-dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi


2025-yil 16-dekabr kuni akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga!

👉 Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kun mobaynida, ya’ni 2025-yil 26-dekabr yakunigacha, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy elektron pochtasi - pedapellatsiya@edu.uz manziliga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐Instagram
13👍4😁2
#vazir_maqola

Inson kapitali orqali taraqqiyot: O‘zbekiston–Yaponiya strategik sherikligining yangi modeli


“Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Inson kapitali orqali taraqqiyot: O‘zbekiston–Yaponiya strategik sheriklikning yangi modeli” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉 Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍123😁3🎉3
#Oliy_Majlis #Qonunchilik_palatasi #yalpi_majlis

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ngrotboy Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida komplayens nazorat tizimi joriy qilinib, shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish maqsadida “HEMIS”, diplom.edu.uz, my.hemis.uz kabi axborot tizimlari ishga tushirilgan. Oliy ta’lim muassasalarida “Registrator ofis”lar tashkil etilib, bu orqali 30 dan ortiq davlat xizmatlari “Yagona darcha” tamoyili asosida elektron shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, Vazirlik tizimida “Situatsion markaz” orqali masofaviy audit hamda hududlarda profilaktik-nazorat tadbirlari amalga oshirilib, natijada 113,6 mlrd. so‘mlik moliyaviy xatoliklar va samarasiz xarajatlarning oldi olingan, 4,4 mlrd. so‘mlik huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Vazirning qayd etishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish borasida 2024–2025-yillarda 4,5 ming nafar o‘qituvchi-xodim, 146 mingdan ortiq talabalarning “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍177👏5😁1
Toshkent davlat transport universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

Toshkent davlat transport universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Transport vaziri Ilhom Maxkamov, universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Abdulaziz G'ulоmov universitet jamoasiga tanishtirildi.

Tadbirda, shuningdek, universitet ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2110