Tokio shahrida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiyasining Yaponiya Fanni qo‘llab-quvvatlash jamiyati (Japan Society for the Promotion of Science — JSPS) prezidenti Suyosi Sugino bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni kengaytirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112199
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍7🔥1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями ведущих компаний, финансовых институтов и бизнес-объединений Японии.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍6❤3🔥2
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi!
Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.
Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi. Mana bu videoda u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi.
Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali.
Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla!
@hilola_umarova

❤69👏31👍16🥰6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻluvchi, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini yemiruvchi, yosh avlodning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi eng xavfli ijtimoiy illatlardan biridir. Bugungi kunda unga qarshi kurashish faqat davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning masʼuliyati va muhim fuqarolik burchidir.
Mazkur videorolikni Guliston davlat pedagogika instituti Mediastudiyasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich tashkiloti Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida taqdim etadi.

❤5👍5🔥1🤔1😱1
“Zakovat” intellektual olimpiadasi g‘oliblariga 4,5 mlrd so‘m Prezident sovg‘asi sifatida topshirildi
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasi yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat” intellektual klubi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.
Shuningdek, umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni egallagan quyidagi jamoalarga Prezident sovg‘asi topshirildi:
🥇 1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti (2 mlrd so‘m)
🥈 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m)
🥉 3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m)
Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan talabalarga 900 mln so‘m mukofot ajratildi.
Intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” o‘yini g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi, stipendiya bilan ta’minlanadi hamda xalqaro ta’lim va stajirovka dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasi yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat” intellektual klubi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.
Intellektual olimpiadada respublika bo‘yicha 132 ta OTMdan 1056 nafar talaba ishtirok etdi. Hududiy bosqichlar natijasiga ko‘ra, 50 ta OTM va 550 nafar talaba finalga yo‘l oldi.
15-18-dekabr kunlari talabalar “Zakovat”, “Breyin-ring”, “Erudit-kvartet”, shaxsiy o‘yin, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida bellashdi.
Musobaqaning jami sovrin jamg‘armasi 5,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan 4,5 mlrd so‘m musobaqada umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kirgan OTMlarga Prezident sovg‘asi sifatida topshiriladi.
18-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida musobaqaning barcha g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

❤25👍6👏2😁2