#Barkamol_avlod #Kurash
Erkin va yunon-rum kurash musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat texnika universitetida yoshlar o‘rtasida erkin va yunon-rum kurash turlari bo‘yicha “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan televizorlar topshirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

1-kun: Yunon-rum kurashi
Ushbu yo‘nalishda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 83 nafar yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin
🥈 Jizzax viloyati jamoasi — 2-o‘rin
🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin
2-kun: Erkin kurash
Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 86 nafar yosh sportchi 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin
🥈 Xorazm viloyati jamoasi — 2-o‘rin
🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan televizorlar topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9😁2👍1👏1
Vebster universiteti Toshkentdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi xalqaro AT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
18-dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida Toshkent shahridagi Vebster universiteti taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori Rasul Rahmonov Yaponiyaning “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda dasturiy taʼminot ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish va faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yapon IT kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻrta boʻgʻin mutaxassis kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va ushbu soha boʻyicha alohida muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi:✅ taʼlim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;✅ chet tillari (ingliz va yapon) hamda axborot texnologiyalarini oʻqitishda ilgʻor va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish;✅ Oʻzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutaxassislar va xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish.
Shuningdek, oʻrta boʻgʻin mutaxassis kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va ushbu soha boʻyicha alohida muzokaralar olib borishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5🔥1😁1
#inklyuziv_taʼlim #VoiceUp
Inklyuziv taʼlim masalalari boʻyicha ochiq muloqot: yoshlar tashabbuslari eshitildi
18-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “VoiceUp” inklyuziv yoshlar oromgohi ishtirokchilari bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda inklyuziv taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan inklyuziv taʼlim infratuzilmasini yanada takomillashtirish, taʼlim muassasalarida arxitekturaviy moslashuvni taʼminlash, raqamli taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, pedagog kadrlarni inklyuziv kompetensiyalarga ega etish masalalari yuzasidan qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112162

❤10👍6
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
“Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (795-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi.
🔰 Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
🔹 nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;
🔹 oliy ta’lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashish;
🔹 fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
✅ Institutga quyidagi huquqlar beriladi:
🔸 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, o‘quv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish;
🔸 ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rash va bepul olish.

❤7😁4👍3
Gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz shahrida gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ulligida tashkil etildi.
Bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh gandbolchilar o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va hayajonli kechgan musobaqalarning final bosqichi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
➡️ Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz shahrida gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ulligida tashkil etildi.
Bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh gandbolchilar o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va hayajonli kechgan musobaqalarning final bosqichi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
🟢 Yigitlar o‘rtasida:🥇 1-o‘rin — TerDU talabalaridan iborat Surxondaryo jamoasi🥈 2-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
🟢 Qizlar o‘rtasida:🥇 1-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi🥈 2-o‘rin — Xorazm viloyati jamoasi🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi

👍8❤6🔥1