Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Raqamli ta’lim sohasida yangi hamkorlik memorandumi imzolandi

“Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi” hamda “IT-ta’lim uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlik respublikamizda IT sohasini yanada ommalashtirish, raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy IT kasblariga tayyorlash hamda sohada xizmatlar eksportini oshirishga qaratilgan.

Kelishuv doirasida “Hemis” va Edu Career platformalariga xalqaro Coursera kurslarini integratsiya qilish, ta’lim platformalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, AKT mutaxassislari uchun xalqaro IT sertifikatlarini olishda ko‘maklashish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar IT va xorijiy tillar yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, sohaviy forumlar, ko‘rgazmalar va tadbirlarni birgalikda tashkil etish orqali IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍136🔥1🤔1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.

#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
13🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E'lon

Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorlida “Maromiylik” loyihasi doirasida “O‘zbek to‘ylaridagi isrofgarchilik – an’ana va zamon ziddiyatlari” va “Maromiylik” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

✍️Tanlovda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, OTM o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar va mazkur mavzuga qiziqqan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

🌐Batafsil 👉 https://telegra.ph/Maqolalar-tanlovi-12-17
Tanlovda faol ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Psixotrop va sintetik dori vositalarini surunkali isteʼmol qilish oʻlim bilan yakunlanadi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍64🔥3😁1
#Barkamol_avlod #Kurash

Erkin va yunon-rum kurash musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi


Buxoro davlat texnika universitetida yoshlar o‘rtasida erkin va yunon-rum kurash turlari bo‘yicha “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.

1-kun: Yunon-rum kurashi
Ushbu yo‘nalishda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 83 nafar yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin
🥈 Jizzax viloyati jamoasi — 2-o‘rin
🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin


2-kun: Erkin kurash
Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 86 nafar yosh sportchi 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin
🥈 Xorazm viloyati jamoasi — 2-o‘rin
🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan televizorlar topshirildi.
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9😁2👍1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍2
Vebster universiteti Toshkentdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi xalqaro AT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

18-dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida Toshkent shahridagi Vebster universiteti taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori Rasul Rahmonov Yaponiyaning “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda dasturiy taʼminot ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish va faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yapon IT kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi:
taʼlim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
chet tillari (ingliz va yapon) hamda axborot texnologiyalarini oʻqitishda ilgʻor va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish;
Oʻzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutaxassislar va xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish.


Shuningdek, oʻrta boʻgʻin mutaxassis kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va ushbu soha boʻyicha alohida muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍5🔥1😁1