#Xalqaro_hamkorlik #ECOSF
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ECO Science Foundation (ECOSF) prezidenti Sayyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida a’zo davlatlar bilan hamkorlikda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston hududida ilmiy forumlar, yozgi va qishki maktablar, “workshop”lar o‘tkazish hamda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi va transport logistikasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111784
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy йилнинг 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mahdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha yuksak natija qayd etdi.
Musobaqa doirasida 7 ta masofaning barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mahdiya Muxtorova 7 ta oltin medal bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Mahdiya Muxtorova 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

👏20❤14👍6🔥3🎉1
Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi bilan ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hujjat imzolandi
Ayni kunlarda Yaponiya xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi (JST) prezidenti Kazuhito Hashimoto bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111840
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya #memorandum

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍10👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar.
Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir.
Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👍22❤13🔥5
#yengillik #chegirma
Talabalar poyezd chiptalarini 50% foiz chegirmada xarid qilishlari mumkin
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
___
Студенты могут приобрести билеты на поезд со скидкой 50%
Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.
Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 18 декабря 2025 года по 12 января 2026 года.
Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
Для электронной покупки билетов можно воспользоваться сайтом eticket.railway.uz и приложениями для Android и iOS.

😁9❤5🤔2👍1😱1
#qonunchilik_yangiliklari
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari belgilandi
Adliya vazirligi Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga ko‘ra, professional (kasbiy) ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yo‘nalish doirasidagi 37 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, 12 ta (5.9 foiz) majburiy indikatorlar (kutubxonada o‘quvchilar kontingentiga mos o‘quv adabiyotlarining mavjudligi, ta’lim dasturlari va o‘quvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 foiz) umumiy indikatorlar (o‘quv xonalarining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘rilganligi va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.
✅ Bunda:
🔹 50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;
🔹 50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.
❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

❤7👍2😁1
#yengillik #chegirma
⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.
❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Batafsil: www.uzairways.com.
___
Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся
В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.
Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.
Подробно: www.uzairways.com.

❤9😁9👍3🔥1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI Ustoz — masofaviy ta’limning yangi bosqich
Cyber University Multimedia markazi hamda Generativ sun’iy intellekt klubi hamkorligida O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida ishlovchi masofaviy ta’lim platformasi — “AI Ustoz” ishga tushirildi.
Mazkur loyiha sun’iy intellektni ta’lim tizimiga chuqur integratsiya qilish bo‘yicha belgilangan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Cyber University Multimedia markazi hamda Generativ sun’iy intellekt klubi hamkorligida O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida ishlovchi masofaviy ta’lim platformasi — “AI Ustoz” ishga tushirildi.
Ushbu platforma real vaqt rejimida talabaning bilim darajasini tahlil qiladi, o‘quv jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtiradi hamda dars mazmunini avtomatik ravishda takomillashtirib boradi.
Platforma 24/7 uzluksiz faoliyat yuritib, bir vaqtning o‘zida minglab talabalarga bir xil sifatdagi ta’lim kontentini yetkazish imkonini beradi. Har bir talaba uchun individual o‘quv trayektoriyasi shakllantiriladi, bu esa bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, platforma hududiy cheklovlar va qo‘shimcha infratuzilma xarajatlarisiz, barcha uchun teng va ochiq ta’lim imkoniyatini yaratadi. Bu yondashuv raqamli ta’limni ommalashtirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur loyiha sun’iy intellektni ta’lim tizimiga chuqur integratsiya qilish bo‘yicha belgilangan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤8🔥2
Raqamli ta’lim sohasida yangi hamkorlik memorandumi imzolandi
“Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi” hamda “IT-ta’lim uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik respublikamizda IT sohasini yanada ommalashtirish, raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy IT kasblariga tayyorlash hamda sohada xizmatlar eksportini oshirishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida “Hemis” va Edu Career platformalariga xalqaro Coursera kurslarini integratsiya qilish, ta’lim platformalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, AKT mutaxassislari uchun xalqaro IT sertifikatlarini olishda ko‘maklashish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tomonlar IT va xorijiy tillar yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, sohaviy forumlar, ko‘rgazmalar va tadbirlarni birgalikda tashkil etish orqali IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

👍13❤6🔥1🤔1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥2👍1
Forwarded from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E'lon
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorlida “Maromiylik” loyihasi doirasida “O‘zbek to‘ylaridagi isrofgarchilik – an’ana va zamon ziddiyatlari” va “Maromiylik” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
✍️ Tanlovda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, OTM o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar va mazkur mavzuga qiziqqan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
🌐Batafsil 👉 https://telegra.ph/Maqolalar-tanlovi-12-17
✅Tanlovda faol ishtirok eting!
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❤10👍1