#Voleybol #Taqdirlash
Voleybol bo‘yicha respublika musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
Buxoro shahrida voleybol sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati doirasida final uchrashuv o‘tkazildi.
Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet jamoasi, sport mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi yakuniy natijalari:
🥇1-o‘rin — Buxoro viloyati
🥈2-o‘rin — Xorazm viloyati
🥉3-o‘rin — Jizzax viloyati
Yigitlar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati yakuniy natijalari:
🥇1-o‘rin — Buxoro viloyati
🥈2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🥉3-o‘rin — Navoiy viloyati
Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet jamoasi, sport mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍9🔥2
#Xalqaro_hamkorlik #ECOSF
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ECO Science Foundation (ECOSF) prezidenti Sayyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida a’zo davlatlar bilan hamkorlikda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston hududida ilmiy forumlar, yozgi va qishki maktablar, “workshop”lar o‘tkazish hamda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi va transport logistikasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111784

❤15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy йилнинг 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mahdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha yuksak natija qayd etdi.
Musobaqa doirasida 7 ta masofaning barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mahdiya Muxtorova 7 ta oltin medal bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Mahdiya Muxtorova 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

👏20❤14👍6🔥3🎉1
Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi bilan ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hujjat imzolandi
Ayni kunlarda Yaponiya xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi (JST) prezidenti Kazuhito Hashimoto bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111840
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya #memorandum

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍10👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar.
Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir.
Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👍22❤13🔥5