Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#so‘ragan_edingiz
✅ Science ID tizimida xorijlik olimlar qanday tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak?
❗️Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni gov.uz/innovation rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali yozma shaklda, (+99871) 203-32-31 ishonch telefoni orqali esa og‘zaki tarzda yo‘llashingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4
#Dayjest #BoshQomus #Konstitutsiya33
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;➖ Namangan davlat universiteti;➖ Andijon davlat pedagogika instituti;➖ Termiz davlat universiteti;➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;➖ Urganch davlat universiteti;➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;➖ Qoraqalpoq davlat universiteti;➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;➖ Alfraganus universiteti;➖ Termiz davlat pedagogika instituti;➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;➖ Milliy rassomlik va dizayn instituti;➖ Qarshi davlat universiteti;➖ Jizzax politexnika instituti;➖ Buxoro davlat universiteti;➖ Guliston davlat pedagogika instituti;➖ Andijon davlat texnika instituti;➖ Andijon davlat chet tillari instituti;➖ Namangan davlat pedagogika instituti;➖ Osiyo xalqaro universiteti;➖ Namangan davlat chet tillari instituti;➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;➖ Namangan davlat texnika universiteti;➖ Qo‘qon davlat universiteti;➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti;➖ Nukus davlat pedagogika instituti;➖ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;➖ Urganch davlat pedagogika instituti;➖ Qarshi davlat texnika universiteti;➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;➖ SamDVMCHBU Nukus filiali.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👏4🔥3👍2
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤12🔥3👍2
Vazirlik xodimlari yugurish marafonida faol ishtirok etdilar
2025-yil 7-dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida respublikaning barcha vazirlik va idora xodimlari ishtirokida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan yengil atletika yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasida munosib namuna ko‘rsatdilar.
#YugurishMarafon #DavlatXizmatchilari #OTFIV_xodimlari

❤11👍10😁3
TAʼZIYA
Mashinasozlik sohasining taniqli va zahmatkash olimi, Toshkent davlat texnika universiteti professori Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovichning vafoti haqidagi xabar yurtimiz keng jamoatchiligi va ilmiy hamjamiyati uchun katta yoʻqotish boʻldi.
Azmiddin Sadriddinovich butun umrini ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatga bagʻishladi. U Toshkent davlat texnika universitetida turli masʼul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, yurtimizda yuqori malakali muhandis-kadrlar tayyorlash, qishloq xoʻjaligi tarmogʻini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash borasida beqiyos hissa qoʻshdi.
Marhum olim paxta terish mashinalarini takomillashtirish boʻyicha yuzlab ilmiy ishlar muallifi sifatida agrar sohaning texnik rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, 40 dan ziyod ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi, ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida oʻnlab nomzodlik va doktorlik ishlarining himoya qilingani, yuzlab shogirdlar yetishib chiqqanini alohida qayd etish joiz.
Azmiddin Sadriddinovichning mamlakatimiz ilm-fani va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi rivojiga qoʻshgan xizmati davlat tomonidan yuqori baholanib, u “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi mexanizatori”, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Azmiddin Sadriddinovichning hayotdan koʻz yumishi yurtimiz ilm-fani, ayniqsa mashinasozlik va agrar texnika taraqqiyoti uchun katta yoʻqotishdir.
Azmiddin Sadriddinovning xotirasi, ilmiy merosi va sadoqat bilan qilgan xizmati doimo barchamizning qalbimizda yashaydi.

❤83😱21🔥8👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, oʻquvchilar, talaba-yoshlar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bilan samimiy iftixor bilan muborakbod etamiz. Konstitutsiya — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz erkinligi hamda huquq va adolat garovi.
Bosh qomusimiz — davlat va jamiyat barqarorligining kafolati, demokratik huquqiy davlat qurilishining poydevori, fuqarolar huquq va erkinliklarining garovi, Vatanimiz taraqqiyot yoʻlidagi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asosidir. Bugungi kunda taʼlim, fan, innovatsiyalar va ijtimoiy rivojlanish sohalaridagi islohotlar, milliy kadrlar tayyorlash va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar — konstitutsiyaviy asosda yuritilayotgan ezgu ishlar zamirida amalga oshmoqda.
Konstitutsiya kuni bayrami fidokor ustoz va olimlarimizni, mehnatsevar muhandis-kadrlarimizni, tashabbuskor talabalar va yoshlarimizning bilim va kasb mahoratini Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻliga safarbar etishga chorlaydi. Ushbu qutlugʻ sana barchamizni yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga ruhlantiradi.
Konstitutsiya barqarorligi va umummilliy maqsadlar yoʻlida barchamiz bir safda boʻlaylik!
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

❤20👏12👍5🎉1
“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 5–6-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Universitet tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazish va ularni munosib taqdirlashga, balki xalqaro do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lmoqda.
Olimpiadada yurtimiz hamda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya kabi davlatlarning 60 dan ziyod tibbiyot oliygohlaridan 500 dan ortiq talabalar, shuningdek, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2577471
Video: https://youtu.be/JTaipKB5xjs
#xalqaro_olimpiada #tibbiyot

2❤18👍15