Vazir “Talabalar shaharchasi”dagi yotoqxonalar va umumiy ovqatlanish joylari holati bilan tanishdi
2025-yil 5-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahridagi “Talabalar shaharchasi”da joylashgan talabalar yotoqxonalari va umumiy ovqatlanish joylarida amalga oshirilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida vazir yotoqxonalardagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarining barqarorligi, elektr va suv taʼminoti, issiq suv bilan taʼminlash holatini oʻrgandi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yoʻlaklarining ochiqligi, yongʻin oʻchirish vositalarining tayyor holda boʻlishi ham tekshirib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417
#vazir_oʻrganish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤25👍6😁3🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zoʻravonlikka_qarshi_16kun
Qizlarning ta’lim olish huquqi — daxlsiz!
Ularning orzulari, kelajagi, ilmga bo‘lgan ishtiyoqini birgalikda himoya qilaylik. Zo‘ravonlikka qarshi ovozingizni ko‘taring, o‘zgarishga hissa qo‘shing!
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qizlarning ta’lim olish huquqi — daxlsiz!
Ularning orzulari, kelajagi, ilmga bo‘lgan ishtiyoqini birgalikda himoya qilaylik. Zo‘ravonlikka qarshi ovozingizni ko‘taring, o‘zgarishga hissa qo‘shing!
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍46❤10👏4🥰3🔥1
Xitoy bilan atrof muhit muhofazasi bo‘yicha qo‘shma laboratoriya ochildi
2025-yil 20–24-noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universitetiga rasmiy tashrif amalga oshirdi.
Tashrif doirasida “Resurslardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Bir makon, bir yo‘l qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzoladilar va Sian neft universitetida ushbu qo‘shma laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yili 2 nafar talaba, 1 nafar doktorant va 2 nafar professor-o‘qituvchi Sian neft universitetiga xorijiy stajirovkaga yuborilishi rejalashtirildi.

Qo‘shma laboratoriya doirasida magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Loyiha natijalari asosida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yili 2 nafar talaba, 1 nafar doktorant va 2 nafar professor-o‘qituvchi Sian neft universitetiga xorijiy stajirovkaga yuborilishi rejalashtirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_musobaqa #natija
🏆 Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi
⌨️ “China-Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi.
🎓 Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi.
🏅Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
🌐 Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro onlayn musobaqada O‘zbekistondan jami 35 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏆 Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi
⌨️ “China-Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi.
🎓 Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi.
🏅Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍12❤6👏2😁2🎉1
#TaʼlimniTargʻibEtuvchi
Nukus va Samarqand UNESCOning Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga (GNLC) kiritildi.
4-dekabr kuni UNESCO O‘zbekistonning Nukus va Samarqand shaharlarini Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga qo‘shilganini e’lon qildi.
Mazkur tarmoq maktablarda, ish joylarida, madaniyat muassasalarida, kutubxonalarda hamda jamoat joylarida hayot davomidagi ta’limni targʻib etayotgan shaharlarni birlashtiradi.
Joriy yilda 46 davlatdan 72 ta shahar tarmoqqa qo‘shildi va shu tariqa GNLC a’zolarining umumiy soni 91 davlatdan 425 ta shaharga yetdi.
Nukus va Samarqandning tarmoqqa qo‘shilishi O‘zbekistonning barcha yosh toifalari uchun sifatli ta’limni rivojlantirish, inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi bo‘ldi.
Nukus shahrida, ayniqsa, yoshlar va ayollarning ehtiyojlariga mos keladigan qulay ta’lim ekotizimini shakllantirish borasida sezilarli yutuqlar qayd etilgan.
Samarqand shahrida esa hayot davomidagi ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, “Bilim Samarkand” raqamli platformasining joriy etilishi, shuningdek, professional va kasb-hunar ta’limi imkoniyatlarining kengaytirilgani alohida ta’kidlandi.

❤24👍4🔥4
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
5-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy va qulay 400 o‘rinli talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ushbu inshootning ishga tushirilishi oliy ta’lim muassasasida yaratilayotgan ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, yoshlar uchun yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy yashash muhiti ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108608
#talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi

👍19❤9🤩2🔥1