#dayjest #qalqon_faoliyati
Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati davom etmoqda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🔵 Toshkent davlat transport universiteti;🔵 Nukus davlat texnika universiteti;🔵 Namangan davlat pedagogika instituti;🔵 Toshkent kimyo-texnologiya instituti;🔵 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;🔵 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;🔵 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;🔵 Namangan davlat pedagogika instituti;🔵 Guliston davlat universiteti;🔵 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti;🔵 Farg‘ona davlat universiteti;🔵 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;🔵 Qarshi davlat universiteti;🔵 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;🔵 Termiz davlat pedagogika instituti;🔵 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;🔵 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;🔵 Toshkent xalqaro universiteti;🔵 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;🔵 Guliston davlat pedagogika instituti;🔵 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;🔵 Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti;🔵 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;🔵 Buxoro davlat texnika universiteti;🔵 Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱5👍3❤1
Forwarded from Hilola Umarova
#Xorazm
Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.
Keyingi manzillarimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari bo‘ldi.
O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.
Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik.
Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi.
@hilola_umarova

❤19😁2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_33
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-bob 37-modda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-bob 37-modda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

😱156👍58❤52😁10🎉5
Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida Oʻzbekiston vakili 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
2025-yil 27-noyabr – 4-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tashabbusi bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionati oʻtkazildi.
Nufuzli musobaqada jami 41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya boʻyicha bellashdilar.
Chempionatda Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimi vakillari ham munosib ishtirok etdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi oʻquvchisi Nursulton Rustambayev (ustozi — Atham Tangirbergenov) “Metallarga ishlov berish” kompetensiyasi boʻyicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajardi.
Natijada Nursulton Rustambayev nufuzli xalqaro chempionatning finalida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Ushbu yutuq mamlakatimiz kasbiy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy oʻquv dasturlari va amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligining yorqin ifodasi boʻldi.

❤24👍4🔥1👏1🎉1
Vazir “Talabalar shaharchasi”dagi yotoqxonalar va umumiy ovqatlanish joylari holati bilan tanishdi
2025-yil 5-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahridagi “Talabalar shaharchasi”da joylashgan talabalar yotoqxonalari va umumiy ovqatlanish joylarida amalga oshirilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida vazir yotoqxonalardagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarining barqarorligi, elektr va suv taʼminoti, issiq suv bilan taʼminlash holatini oʻrgandi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yoʻlaklarining ochiqligi, yongʻin oʻchirish vositalarining tayyor holda boʻlishi ham tekshirib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417
#vazir_oʻrganish

❤25👍6😁3🔥2👏2