Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi

1-dekabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimida islohotlar va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, TexVET-II” loyihasini amalga oshirish yuzasidan shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107055

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍174👏2🔥1🤔1
Namangan davlat texnika universitetida iqtidorli talabalarga 440 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi

Joriy yilda o‘tkazilgan “Menda g‘oya bor!” innovatsion g‘oyalar tanlovida 256 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra 146 nafar talaba g‘olib deb topilib, ular umumiy qiymati 440 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida jamoat ishlari, ilmiy izlanishlar va tashabbuskorlikda faol bo‘lgan 19 nafar talaba jami 50 million so‘mlik rag‘batlantirish bilan taqdirlandi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍4🔥1
#JamoatchilikKengashi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi


1-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir "Yuksalish" harakati tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbеkistonda davlat хizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi ko‘magida tashkil etildi.

Forumda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati, ularning samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarni joriy etish, shaffof boshqaruv va jamoatchilik nazoratini institutsional asosda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan bir qator yoʻnalishlarda faol faoliyat olib borayotgan kengashlar “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍5
#tanlov #natija

🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.

☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍9🔥1