Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#MalakaOshirish

“Axborot-kutubxona faoliyati” yo‘nalishidagi navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi

Oliy ta’lim tashkilotlari Axborot-resurs markazi xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari 17–28-noyabr kunlari onlayn va an’anaviy shakllarda o‘tkazildi.

Unda respublikaning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan 109 nafar rahbar va xodim qatnashdi. Mashg‘ulotlar tajribali trenerlar tomonidan amaliy yondashuv asosida olib borildi.

Darslar Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘chma mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi.

Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍3
Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Malayziya Yoshlar Festivali” hamda “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah bin Illias ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
29👍6🔥2
#Kasbiy_taʼlim #Xalqaro_uchrashuv

O‘zbekiston delegatsiyasi WorldSkills International bilan strategik uchrashuv o‘tkazdi

29-noyabr kuni Tayvanning Taypey shahrida O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari, texnikum rahbarlari va WorldSkills International tashkiloti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro standartlar asosida ish beruvchilar talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash, ishchi kasblar nufuzini oshirish, 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TuronSkills – 2026 chempionatini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish va ularni xalqaro ekspertlikka tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur uchrashuv kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍76