Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt loyihalari va startaplar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari forumning ochilishida nutq soʻzlab, SI bo‘yicha islohotlar samarasi va kelgusidagi vazifalarga to‘xtaldi. Jumladan:

AT sohasida taʼlim berayotgan oliy taʼlim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi.

Kelgusi yilda NVIDIA bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi;

“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi va 2030-yilgacha 4,75 mln o‘quvchi-talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi SI bo‘yicha o‘qitiladi.

Har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” sifatida o‘tkaziladi va “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” muntazam tashkillashtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍6🤔2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BuxDTU talabalari ham o‘qib, ham maosh oladi

Buxoro davlat texnika universiteti hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi “TibTexnika” O‘zbekiston–Koreya qo‘shma korxonasi o‘rtasida dual ta’lim yo‘nalishida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Mazkur hamkorlik doirasida talabalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashishi ta’minlandi. Ular 11 turdagi tibbiyot buyumlarini tayyorlash bosqichlarini amaliy o‘rganish, texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishish va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega.

Shuningdek, korxonada amaliy faoliyat olib borayotgan talabalarga belgilangan tartibda oylik ish haqi to‘lanmoqda.

Ushbu mexanizm nazariy bilimlarni amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim sifati samaradorligini oshirishга xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍5😁2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

🔱O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, 2-modda.

#Men_va_Konstitutsiya
#Mening_konstitutsiyam
#Konstitutsiya_kuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93
🎓 Kompyuteringiz bor va qisqa muddat ichida yuqori daromadli kasblar egasi bo'lishni xohlaysizmi?

🚀 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” grant dasturi siz uchun katta imkoniyatni taqdim etmoqda!

📌 Dastur quyidagi yo‘nalishlarda bepul, masofadan ta’lim beradi:
🔹 3D Modellashtirish
🔹 VFX Compositing
🔹 Animatsiya
🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari
🔹 Digital Art
🔹 FX Simulation
🔹 Cinema 4D
🔹 Unreal Engine

Sizni nimalar kutmoqda?
Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar
Yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar
Netvorking va daromadli kasb egasi bo‘lish imkoniyati

📍Ta’lim shakli: oflayn + onlayn (Toshkent shahrida)
Davomiyligi: 6 oy

💡O‘z orzuyingizdagi kasbni tanlang va yangi imkoniyatlar eshigini oching!

❗️Shoshiling joylar cheklangan

👉 Ariza topshirish: CreativeTech.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍9🔥2
Vazir OpenAI va Silkroad Innovation Hub vakillari bilan uchrashdi

28-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov “OpenAI”ning taʼlim bozoriga chiqish va davlat tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha masʼul boʻlim rahbari Valeri Foke hamda Silkroad Innovation Hub asoschisi va rahbari Asset Abdualiyevni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari uchun sunʼiy intellekt texnologiyalariga oid taʼlim dasturlari, treninglar, onlayn platformalar va akseleratsiya imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106402

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #sunʼiy_intellekt

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍166😁4👏1
#YashilHudud #UzDSMi

Prezidentimizning Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan farmonida belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hududida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌿 Hududda yig‘ilib qolgan xazonlar tartibga keltirildi, chang ko‘tarilmasligi uchun maydonlar namlantirildi.
💧 Yashil maydonlarni sug‘orish tizimlari tekshirilib, to‘liq ishchi holatga keltirildi.
🌱 Institut atrofida yashil makonni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslar va istiqboldagi loyihalar ishlab chiqildi.
Institut jamoasi ekologik muhitni yaxshilash borasida Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga o‘zining amaliy hissasini qo‘shishda davom etadi.


🌍 Atrof-muhitni asrash — barchamizning burchimiz.
Birgalikda institutimizni yanada toza, obod va yashil maskanga aylantiramiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍128🤔1