O‘zbekiston jamoasi Osiyodagi eng yirik kasbiy mahorat musobaqasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi yirik kasbiy mahorat musobaqalaridan biri — “WorldSkills Asia Taipei 2025” chempionatida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yetib bordi.
Delegatsiya tarkibida 16 ta kasb bo‘yicha texnikumlar va kasbga tayyorlash markazlaridan saralangan 32 nafar ishtirokchi va ekspertlar, shuningdek kuzatuvchilar, texnik xodimlar va rasmiy vakillar bilan birga jami 45 nafar delegat bor.
“WorldSkills Asia Taipei 2025” musobaqasi joriy yilning 27–29-noyabr kunlari Taypeydagi Nangang ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli chempionat ta’lim, iqtisodiyot, turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Tadbirga Osiyo mintaqasidagi 29 ta a’zo va mehmon davlatlardan 500 dan ortiq ishtirokchi — ekspertlar, raqobatchilar va mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekistonlik ishtirokchilar mamlakatimiz sha’ni, yoshlarimizning salohiyati hamda kasbiy ta’lim tizimi imkoniyatlarini munosib namoyish etish uchun qatnashmoqda.
Delegatsiyamizga musobaqada omad, qat’iyat va yuksak natijalar tilaymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤20👍10🔥2
❗️ Yuridik ta’lim va ilm-fan yanada isloh qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–232-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:
🔹 yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
🔹 Toshkent davlat yuridik universitetining 2030-yilgacha nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.
2026/2027-o‘quv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etiladi.
Bunda 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkaziladi.
✅ 2027/2028-o‘quv yilidan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

❤20👍3🔥3🤔1
Kanada elchisi bilan uchrashuvda oliy taʼlim va fan sohasida amaliy hamkorlik mustahkamlandi
27-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi, akademik va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, shuningdek, Kanada ekspertlarini startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish jarayonlariga jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy qadamlarni belgilab oldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105996

❤10👍4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qalb navolari” — mahorat va ilhom uyg‘unligi
Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan “Qalb navolari” badiiy-konsert dasturida talabalar o‘zining ijodiy salohiyati, jozibali ovozi va musiqiy mahoratini namoyish etdi. Milliy va zamonaviy kuylar uyg‘unlashgan jonli ijrolar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Professor-o‘qituvchilarning chiqishlari ham dasturga rang-baranglik qo‘shib, tadbirning badiiy ruhini yanada boyitdi. “Qalb navolari” tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan “Qalb navolari” badiiy-konsert dasturida talabalar o‘zining ijodiy salohiyati, jozibali ovozi va musiqiy mahoratini namoyish etdi. Milliy va zamonaviy kuylar uyg‘unlashgan jonli ijrolar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Professor-o‘qituvchilarning chiqishlari ham dasturga rang-baranglik qo‘shib, tadbirning badiiy ruhini yanada boyitdi. “Qalb navolari” tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏8👍3
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Dotsent qurilish sohasiga energiya tejamkor yechim taklif etdi
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Jumagul Turg‘unayeva yuqori ekspluatatsion xossalarga ega energiya tejamkor plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratdi. Mazkur ilmiy ishlanma qurilish sohasini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsiz materiallardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.
Bu loyiha haqida videolavhada batafsil ma’lumot beriladi. Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4
#xalqaro_hamkorlik #bitim
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro hamda ikki mamlakat taʼlim va aviatsiya sohasi mutasaddilari ishtirokida hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) va dunyoning yetakchi aerokosmik kompaniyalaridan biri – Airbus oʻrtasida imzolangan ushbu bitim taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilgan holda aviasozlik soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106010

❤19👍6😁2😱1
BuxDU talabasi – Prezident Olimpiadasi g‘olibi!
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya Cho‘qqilari” nomli nufuzli Prezident Olimpiadasining Respublika bosqichida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Ravshanov Zayniddin g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
U yengil atletika sport turining 110 metrga g‘ov osha yugurish bahslarida 14.07 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Zayniddin Ravshanovni, uning ustozlari va oila aʼzolarini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!
#Xushxabar #Prezident_Olimpiadasi #Sport #Chempion #Yengil_atletika

❤29👍11😁1