Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
QS tashkiloti bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

26-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi prezidenti va Boshqaruv kengashi raisi Nunzio Quacquarelli hamda tashkilotning mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yoʻldoshev ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Central Asian Universitetida oʻtkazilgan QS Eurasia Forum 2025 natijalari muhokama qilindi. Forumning mamlakatimiz uchun ahamiyati, xususan, hamkorlikni yanada mustahkamlash, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining global miqyosdagi tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105658

#QS #xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏108👍3🤔3😁2
Kasbiy ta’limda xalqaro standartlar: “Ausbildung” bo‘yicha bajarilgan ishlar muhokama qilindi

26-noyabr kuni Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi rahbari Jung Ingo bilan uchrashdi.

Tomonlar texnikumlarda joriy etilgan “Ausbildung” tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalarni muhokama qildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunga kelib 6 ta texnikumda mazkur xalqaro kasbiy ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilib, 4 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari tasdiqlandi va jami 1 132 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Uchrashuv yakunida o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning Germaniyada ta’limni davom ettirishi uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rish belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍8🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Olimpiadasiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining ochilish marosimida ishtirok etib, tantanali nutq soʻzladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍5
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🇺🇿 O‘zbekistonda tan olingan xalqaro sertifikatlar bo‘yicha ovozli chat

🗓 2025-yil 27-noyabr kuni soat 16:00 da Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining telegramdagi rasmiy kanali —https://t.me/IlmiyMarkazUz da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat xorijiy sertifikatlarning tan olinishi, shuningdek Cambridge tests, TOEFL, iTEP, SAT, Attanal va boshqa xalqaro imtihonlar bo‘yicha tashkil etiladi.

🎙 Unda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi mas’ullari ishtirok etadi va mavzu bo‘yicha savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, iltimos, ularni mana bu yerda qoldiring: USTIGA BOSING

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
#xalqaro_natija

Oʻzbekiston GTCI 2025 reytingida mintaqada 1-oʻrinni, dunyo boʻyicha 71-oʻrinni egalladi


INSEAD va Portulans Institute tomonidan eʼlon qilingan Global Talent Competitiveness Index (GTCI) 2025 — jahon talant raqobatbardoshligi reytingida Oʻzbekiston ijobiy natija ko‘rsatdi.

Yangi hisobotga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilda dunyo boʻyicha 71-oʻrinni, “Markaziy va Janubiy Osiyo” mintaqasida 1-oʻrinni egalladi.

Bu koʻrsatkich mamlakatning talantlarni tayyorlash, jalb etish va ragʻbatlantirish borasidagi salohiyati ortib borayotganini anglatadi.

Mintaqada keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (72-oʻrin) va Qirgʻiziston (87-oʻrin) qayd etilgan.

GTCI 2025da mamlakatlar daromad guruhlari boʻyicha ham taqqoslangan. Ushbu boʻlimda Oʻzbekiston “quyi oʻrta daromadli mamlakatlar” orasidan 1-oʻringa chiqdi.

Bu O‘zbekistonning iqtisodiy toifasida kadrlar salohiyati boʻyicha eng ilgʻorlar qatoriga kirganini koʻrsatadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍4
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22👏104
Do‘stlik va hamkorlik — Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor tamoyillari

«Народное слово» gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning «Дружба и взаимодействие — приоритетные принципы отношений между государствами Центральной Азии» sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉 Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
10👍6
O‘zbekiston jamoasi Osiyodagi eng yirik kasbiy mahorat musobaqasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi yirik kasbiy mahorat musobaqalaridan biri — “WorldSkills Asia Taipei 2025” chempionatida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yetib bordi.

Delegatsiya tarkibida 16 ta kasb bo‘yicha texnikumlar va kasbga tayyorlash markazlaridan saralangan 32 nafar ishtirokchi va ekspertlar, shuningdek kuzatuvchilar, texnik xodimlar va rasmiy vakillar bilan birga jami 45 nafar delegat bor.

“WorldSkills Asia Taipei 2025” musobaqasi joriy yilning 27–29-noyabr kunlari Taypeydagi Nangang ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli chempionat ta’lim, iqtisodiyot, turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Tadbirga Osiyo mintaqasidagi 29 ta a’zo va mehmon davlatlardan 500 dan ortiq ishtirokchi — ekspertlar, raqobatchilar va mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar mamlakatimiz sha’ni, yoshlarimizning salohiyati hamda kasbiy ta’lim tizimi imkoniyatlarini munosib namoyish etish uchun qatnashmoqda.

Delegatsiyamizga musobaqada omad, qat’iyat va yuksak natijalar tilaymiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20👍10🔥2
❗️ Yuridik ta’lim va ilm-fan yanada isloh qilinadi

“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–232-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:

🔹 yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;

🔹 Toshkent davlat yuridik universitetining 2030-yilgacha nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.

2026/2027-o‘quv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etiladi.

Bunda 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkaziladi.

2027/2028-o‘quv yilidan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20👍3🔥3🤔1
Kanada elchisi bilan uchrashuvda oliy taʼlim va fan sohasida amaliy hamkorlik mustahkamlandi

27-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi, akademik va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, shuningdek, Kanada ekspertlarini startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish jarayonlariga jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy qadamlarni belgilab oldilar.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/105996

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍4🎉1