Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#QSEurasiaForum2025

Universitetlararo xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi


25-noyabr kuni Toshkent shahrida “QS Eurasia Forum 2025” doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi sherikliklarni yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangan mahorat darsi shaklidagi panel sessiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti rektori Rufat Azizov, Vengriyaning Széchenyi István universiteti Doktorantura maktabi rahbari László Vasa, Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev, British Council Uzbekistan direktori oʻrinbosari Jamila Gulyamova hamda QS Quacquarelli Symondsning mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirok etdi.

Tadbirda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar global hamkorlikni kuchaytirish, universitetlar oʻrtasida yangi sherikchilik barpo etish, xalqaro loyihalarda ishtirokni kengaytirish hamda institutsional samaradorlikni oshirishga oid tajriba va yondashuvlarni muhokama qildilar.

Shuningdek, universitetlar uchun strategik sheriklik orqali taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xorijiy tashkilotlar bilan uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarning xavfsizligi va qulay sharoit bilan ta’minlanishi – doimiy e’tiborda

Qayd etish lozim, bugungi kunda respublika oliy ta’lim tashkilotlarida jami 700 ming nafardan ortiq kunduzgi ta’lim yo‘nalishida talaba tahsil olmoqda. Shundan 150 ming nafardan ortig‘i (20,5%) esa ijara xonadonlariga joylashtirilgan.

Sentyabr oyining ilk kunlaridan boshlab ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, xonadonlarning isitish tizimi, elektr ta’minoti, yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish holati o‘rganilmoqda.

Mazkur jarayonlar oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, tytutorlar, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ullar tomonidan tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Joriy o‘quv yilining o‘tgan davri mobaynida oliy ta’lim tashkilotlari mas’ullari tomonidan 11 352 ta ijara xonadonida istiqomat qilayotgan 34 721 nafar talabaning (ijarada yashovchilarning 22,8 foizi) yashash sharoiti o‘rganildi. Xususan, o‘quv yilining to‘qqizinchi haftasi (27–31 oktyabr) davomida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti tomonidan 609 ta ijara xonadonida yashayotgan 2 408 nafar talaba bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning bandlik va kundalik hayot tarzi bilan tanishildi.

Mazkur tadbirlar yil davomida amalga oshirib borilishi belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍4🔥1😁1
#QSEurasiaForum2025

QS boshchiligidagi mintaqaviy uchrashuv: Oliy taʼlim islohotlari va mintaqaviy hamkorlik muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Qozogʻiston Respublikasi Fan va Oliy taʼlim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon Respublikasi Fan va Taʼlim vaziri Emin Amrullayev 25-noyabr kuni Toshkentda QS (Quacquarelli Symonds) prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli boshchiligidagi mintaqaviy vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbirda mintaqamizda oliy taʼlimning kelajagi, xalqaro tajriba va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida soʻz yuritildi. Jumladan, universitetlarning mustaqilligini kuchaytirish, akademik dasturlarni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish va bandlikni tizim samaradorligining asosiy koʻrsatkichiga aylantirish masalalari taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105251

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍4😁1🤔1😱1