Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#QSEurasia_2025

Toshkentda “QS Eurasia Forum – 2025” boshlandi

25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida birinchi bor “QS Eurasia Forum – 2025” o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim sohasining eng nufuzli mintaqaviy tadbirlaridan biri hisoblangan forum QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida hamda Central Asian University mezbonligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq mamlakatlari oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Forumning ochilish marosimida QS prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon ta’lim va fan vaziri Emin Amrullayev, Central Asian University vasiylik kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib, Yevroosiyo mintaqasida oliy ta’limning yangi strategik istiqbollari, xalqaro integratsiya va ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105120

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi

“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–229-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-martga qadar:

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi;

🔸 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi.

Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan:

🟢tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;

🟢transportlar harakatini cheklash;

🟢atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish;

🟢Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;

🟢qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2
#QSEurasiaForum2025

QS Eurasia Forum 2025 doirasida “Chorrahalar: Yevroosiyo oliy ta’limining Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roli” mavzusidagi birinchi panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

Panel sessiyada Ozarbayjon Fan va oliy ta’lim agentligi direktori Ulkar Sattarova, Ajman Universiteti kansleri Karim Seghir, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti rektori Janset Tuymebayev, O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekov hamda QS Quacquarelli Symonds mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirok etdi.

Sessiya davomida Yevroosiyoning geostrategik o‘rni, uning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi ahamiyati hamda oliy ta’lim muassasalari uchun bu imkoniyatlarni samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Spikerlar Sharq va G‘arb bilan hamkorlikni strategik yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish, ta’sirchan natijalar beradigan hamkorlik modellarini yaratish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur sessiya Yevroosiyoda oliy ta’limning global integratsiyadagi roli, xalqaro hamkorlikning yangi mexanizmlari hamda ta’lim tizimining global raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha dolzarb fikrlarni taqdim etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13🤔2🔥1
Forwarded from Eco Info
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning rasmiy Telegram kanali faoliyat boshladi.

Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilayotgan amaliy choralar haqida rasmiy xabarlar hamda ma’lumotlar berib boriladi.

Kuzatib boring: 👉 @ecoinfouz
4
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zida ko‘p ming yillik tarix va qadriyatlarni mujassam etgan, zamonaviy me’morchilik an’analari asosida kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bu ulug‘ zamin dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda”,

- dedi Prezidentimiz.

Xususan, “Boqiy shahar” majmuasi barpo etilgani, 40 dan ziyod muqaddas ziyoratgohlar obod bo‘lgani, “Samarqand” xalqaro aeroporti yangidan qurilgani, o‘nlab xalqaro brend mehmonxonalar ish boshlagani viloyat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Samarqand so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, turizm va biznes markaziga, ko‘plab yirik xalqaro tadbirlar, forum va anjumanlar uchun muloqot maydoniga aylandi.

Shu yilni o‘zida bu yerda 40 dan ortiq nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgani, ayniqsa, yaqinda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi o‘tkazilgani chindan ham ulkan voqea bo‘ldi.

Umuman, turizm va unga turdosh sohalarga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgani uchun viloyatga sayyohlar oqimi 2016-yilgidan 7 karra o‘sdi, turizm xizmatlari eksporti 600 million dollarga yetdi.

Facebook|Instagram|X
👍74
Vazirlikda kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi

2025-yil 24-noyabrdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida “Cyber University” davlat universiteti bilan hamkorlikda “Cyber Academy” mutaxassislari ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi.

Malaka oshirish kursida vazirlik va tizimga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar 36 soatlik (haftalik) o‘quv dasturi asosida o‘qitilmoqda. Darslar davomida tinglovchilar axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi zarur nazariy bilimlarni egallab, real ish jarayonida qo‘llaniladigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar.

Malaka oshirish kursi 2025-yil 1-dekabrga qadar davom etadi.

#malaka_oshirish #kiberxavfsizlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12🔥4👍3🥰2
Yangi temir yo‘l liniyasi Urgutning iqtisodiy rivoji va farovonligiga kuchli sur’at beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda Urgutga bordi hamda tuman faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

Safar chog‘idagi suhbatda davlatimiz rahbari Samarqandda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning odamlar hayotidagi ijobiy aksi yaqqol ko‘zga tashlanayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari sifatida tarbiyalash haqida so‘z yuritdi. Urgutgacha tortilgan temir yo‘liga tutash yerlarni o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi madaniyatini yuksaltirish, ta’lim sohasida, shu jumladan, qo‘shni davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍11