Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA tuzildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍114🔥1😁1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область.

Глава нашего государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов и проведет совещание по вопросам социально-экономического развития региона. Планируется также ознакомление с проводимой в области созидательной работой, развитием промышленности и социальной сферы.

Facebook|Instagram|X
9👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Termiz davlat universiteti misolida

#oliy_taʼlim #sunʼiy_intellekt #registrator_ofisi #raqamlashtirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍62🔥1
#QSEurasia_2025

Toshkentda “QS Eurasia Forum – 2025” boshlandi

25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida birinchi bor “QS Eurasia Forum – 2025” o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim sohasining eng nufuzli mintaqaviy tadbirlaridan biri hisoblangan forum QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida hamda Central Asian University mezbonligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq mamlakatlari oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Forumning ochilish marosimida QS prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon ta’lim va fan vaziri Emin Amrullayev, Central Asian University vasiylik kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib, Yevroosiyo mintaqasida oliy ta’limning yangi strategik istiqbollari, xalqaro integratsiya va ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105120

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi

“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–229-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-martga qadar:

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi;

🔸 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi.

Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan:

🟢tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;

🟢transportlar harakatini cheklash;

🟢atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish;

🟢Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;

🟢qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2
#QSEurasiaForum2025

QS Eurasia Forum 2025 doirasida “Chorrahalar: Yevroosiyo oliy ta’limining Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roli” mavzusidagi birinchi panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

Panel sessiyada Ozarbayjon Fan va oliy ta’lim agentligi direktori Ulkar Sattarova, Ajman Universiteti kansleri Karim Seghir, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti rektori Janset Tuymebayev, O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekov hamda QS Quacquarelli Symonds mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirok etdi.

Sessiya davomida Yevroosiyoning geostrategik o‘rni, uning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi ahamiyati hamda oliy ta’lim muassasalari uchun bu imkoniyatlarni samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Spikerlar Sharq va G‘arb bilan hamkorlikni strategik yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish, ta’sirchan natijalar beradigan hamkorlik modellarini yaratish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur sessiya Yevroosiyoda oliy ta’limning global integratsiyadagi roli, xalqaro hamkorlikning yangi mexanizmlari hamda ta’lim tizimining global raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha dolzarb fikrlarni taqdim etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13🤔2🔥1