Andijon davlat texnika instituti Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi
2025-yil 17–24-noyabr kunlari Andijon davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Ozarbayjon texnika universiteti, Boku muhandislik universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar, akademik mobillik, startaplar va malaka oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Safar yakunida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar, nashrlar va konferensiyalarni birgalikda amalga oshirish hamda hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍17❤11🔥2👏2
SamDPI tashabbusi bilan Ordu universitetida “O‘zbek tili va madaniyati” markazi ochildi
2025-yil 17–22-noyabr kunlari Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Turkiyaning Ordu va Giresun universitetlariga tashrif buyurdi. Safar davomida ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida Ordu universitetida Samarqand DPI tashabbusi bilan “O‘zbek tili va madaniyati” markazi ochildi. Markaz talaba va tadqiqotchilar uchun o‘zbek tili, tarixi hamda milliy merosni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shuningdek, Giresun viloyati rahbariyati va universiteti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, talabalarning o‘quv kvotalarini oshirish hamda ERASMUS+ dasturi asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
#xalqaro_hamkorlik

❤22👍4🤔2🔥1
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA tuzildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA tuzildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4🔥1😁1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область.
Глава нашего государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов и проведет совещание по вопросам социально-экономического развития региона. Планируется также ознакомление с проводимой в области созидательной работой, развитием промышленности и социальной сферы.
Facebook|Instagram|X

❤9👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Termiz davlat universiteti misolida
#oliy_taʼlim #sunʼiy_intellekt #registrator_ofisi #raqamlashtirish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#oliy_taʼlim #sunʼiy_intellekt #registrator_ofisi #raqamlashtirish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤2🔥1
#QSEurasia_2025
Toshkentda “QS Eurasia Forum – 2025” boshlandi
25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida birinchi bor “QS Eurasia Forum – 2025” o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim sohasining eng nufuzli mintaqaviy tadbirlaridan biri hisoblangan forum QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida hamda Central Asian University mezbonligida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq mamlakatlari oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
Forumning ochilish marosimida QS prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon ta’lim va fan vaziri Emin Amrullayev, Central Asian University vasiylik kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib, Yevroosiyo mintaqasida oliy ta’limning yangi strategik istiqbollari, xalqaro integratsiya va ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105120

❤14👍2