Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sirdaryoda texnikum o‘quvchilarini bandligini ta’minlashda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi

Xovos tuman 1-son politexnikumida yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mebelchilik, metallga ishlov berish va tikuvchilik yo‘nalishlarida korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonalarda o‘quvchilar ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirib, ham ishlab, ham daromad topishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104491

#Kasbiy_taʼlim #Dual_taʼlim #Yoshlar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍7👏1
#psixologlar_kuni

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, psixolog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D. Solixo‘jayeva ham so‘zga chiqdi.

Anjumanda yoshlar ruhiyati, raqamli makonning psixologik ta’siri, oilaviy tarbiya muhiti, o‘smirlar xulqi va psixoprofilaktikaning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Konferensiyada ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍7🤔1
Fan va taʼlim integratsiyasi: samarali amaliyot

Namangan davlat universiteti
Biotexnologiya fakulteti huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya talabalarning real texnologik jarayonlarda ishtirok etishini taʼminlamoqda.

Biologik tadqiqotlar markazida esa umumiy qiymati 2 milliard 624 million soʻmlik xalqaro va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍3
Geosiyosiy hamkorlikning yangi arxitekturasi: Toshkent va Vashington munosabatlari strategik yuksalish pallasida

Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Yaqinda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga ikki tomondan kimlar rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi:

🇺🇸 AQSH tomonidan: Prezident Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili — Serjio Gor. 🇺🇿 O‘zbekiston tomonidan: Prezident Administratsiyasi rahbari — Saida Mirziyoyeva.

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik endi shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ikki tomonlama yuqori boshqaruv ostidagi aniq mexanizmga aylanmoqda.

Prezidentimizning noyabrdagi AQSH safari o‘z mevasini bermoqda: maqsad — Amerika texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonga olib kirish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14