Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir OTM psixologlari bilan davra suhbati o‘tkazdi

2025-yil 21-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim muassasalari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda talabalarning psixologik barqarorligi va psixologik xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dastavval vazir 22-noyabr — Psixologlar kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, ularning zahmatli mehnati yoshlarimizning jamiyatda o‘zligini kashf etishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muloqotda respublikamiznimg 135 ta oliy ta’lim tashkilotida 93 nafar psixolog faoliyat yuritayotgani, biroq ayrim ta’lim muassasalarida talabalar bilan individual hamda tizimli ishlash borasida kuchliroq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104459

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍5
Sirdaryoda texnikum o‘quvchilarini bandligini ta’minlashda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi

Xovos tuman 1-son politexnikumida yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mebelchilik, metallga ishlov berish va tikuvchilik yo‘nalishlarida korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonalarda o‘quvchilar ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirib, ham ishlab, ham daromad topishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104491

#Kasbiy_taʼlim #Dual_taʼlim #Yoshlar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍7👏1
#psixologlar_kuni

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, psixolog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D. Solixo‘jayeva ham so‘zga chiqdi.

Anjumanda yoshlar ruhiyati, raqamli makonning psixologik ta’siri, oilaviy tarbiya muhiti, o‘smirlar xulqi va psixoprofilaktikaning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Konferensiyada ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍7🤔1
Fan va taʼlim integratsiyasi: samarali amaliyot

Namangan davlat universiteti
Biotexnologiya fakulteti huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya talabalarning real texnologik jarayonlarda ishtirok etishini taʼminlamoqda.

Biologik tadqiqotlar markazida esa umumiy qiymati 2 milliard 624 million soʻmlik xalqaro va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍3