Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida taʼlim infratuzilmasini yangilash jarayonlari oʻrganildi

20-noyabr kuni Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov taʼlim jarayonining sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi infratuzilmaviy yangilanishlar, oʻquv binolari va amaliy tayyorgarlik tizimidagi oʻzgarishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida texnikum hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, ustaxona va oʻquv xonalarining zamonaviy talablarga moslashtirilishi hamda oʻquvchilar uchun yaratilayotgan amaliy sharoitlar boʻyicha mutasaddilarning maʼlumotlari tinglandi.

Uchrashuv davomida kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarish talablari bilan uygʻunlashtirish va malaka talablarini aniq belgilovchi oʻquv-amaliy mexanizmlarni joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍7🔥2👏1
Irrigatsiya universiteti magistranti MDH yoshlari tanlovining final bosqichi g‘olibi bo‘ldi

20–21-noyabr kunlari Qozog‘istonning poytaxti Astana shahrida MDHga a’zo davlatlarning xalqaro yoshlar loyihasining xalqaro final bosqichi — “MDH uchun 100 g‘oya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

Mazkur tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti, Yoshlar akademiyasining universitet lideri No‘monjon Ibrohimov “Boyqush” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
328👏13🔥7👍6🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi.

Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍4😱1
O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirdi

2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingi e’lon qilindi.

Ushbu baholashda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim tashkiloti reytingga kiritilgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi, qolganlari esa “reporter” – nomzod maqomida qayd etildi. Jumladan:

🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 150-o‘rin;
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 201–250-o‘rin;
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti — 301–350-o‘rinlar;
🏛 Toshkent davlat transport universiteti — 351–400-o‘rin.

Mazkur natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida fanlararo ilmiy izlanishlar, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish borasida izchil taraqqiyot kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏2216👍5🤔1🎉1
Vazir OTM psixologlari bilan davra suhbati o‘tkazdi

2025-yil 21-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim muassasalari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda talabalarning psixologik barqarorligi va psixologik xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dastavval vazir 22-noyabr — Psixologlar kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, ularning zahmatli mehnati yoshlarimizning jamiyatda o‘zligini kashf etishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muloqotda respublikamiznimg 135 ta oliy ta’lim tashkilotida 93 nafar psixolog faoliyat yuritayotgani, biroq ayrim ta’lim muassasalarida talabalar bilan individual hamda tizimli ishlash borasida kuchliroq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104459

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍5
Sirdaryoda texnikum o‘quvchilarini bandligini ta’minlashda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi

Xovos tuman 1-son politexnikumida yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mebelchilik, metallga ishlov berish va tikuvchilik yo‘nalishlarida korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonalarda o‘quvchilar ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirib, ham ishlab, ham daromad topishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104491

#Kasbiy_taʼlim #Dual_taʼlim #Yoshlar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍7👏1