Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka qarshi xalqaro anjuman oʻtkazildi

21-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida “Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, Oʻzbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ozoda Islomova ishtirok etib, gender tengligi, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash va xotin-qizlarning huquqiy himoyasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104132

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍5👏1🤩1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

➡️Mazkur imtihon uchun talabgorlar 27-noyabr 10:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz

Imtihon 28-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi.

📍Imtihonlar o‘tkaziladigan 9 ta hudud ro‘yxati:
➡️USTIGA BOSING

➡️ iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview

Murojaat uchun:
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍6🎉1
Forwarded from UZSSA | RASMIY KANALI
#Barkamol_avlod_2025 #Badminton

Sirdaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi


“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining Badminton yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi 25–28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi. Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Musobaqa o‘tkaziladigan joy:
Guliston shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi
Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/sBx5KnbZSRc3H9fZ7

Musobaqa davomida yoshlar sport mahorati, intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi namoyon bo‘ladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz


😎 Telegram |😎 Instagram |😎 Facebook |▶️ YouTube |🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida taʼlim infratuzilmasini yangilash jarayonlari oʻrganildi

20-noyabr kuni Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov taʼlim jarayonining sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi infratuzilmaviy yangilanishlar, oʻquv binolari va amaliy tayyorgarlik tizimidagi oʻzgarishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida texnikum hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, ustaxona va oʻquv xonalarining zamonaviy talablarga moslashtirilishi hamda oʻquvchilar uchun yaratilayotgan amaliy sharoitlar boʻyicha mutasaddilarning maʼlumotlari tinglandi.

Uchrashuv davomida kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarish talablari bilan uygʻunlashtirish va malaka talablarini aniq belgilovchi oʻquv-amaliy mexanizmlarni joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍7🔥2👏1
Irrigatsiya universiteti magistranti MDH yoshlari tanlovining final bosqichi g‘olibi bo‘ldi

20–21-noyabr kunlari Qozog‘istonning poytaxti Astana shahrida MDHga a’zo davlatlarning xalqaro yoshlar loyihasining xalqaro final bosqichi — “MDH uchun 100 g‘oya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

Mazkur tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti, Yoshlar akademiyasining universitet lideri No‘monjon Ibrohimov “Boyqush” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
328👏13🔥7👍6🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi.

Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍4😱1