Germaniya universitetlari bilan 60 dan ziyod hamkorlik hujjatlari imzolandi
Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi yakunida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Germaniya oliygohlari o‘rtasida 64 ta o‘zaro hamkorlik kelishuvi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Anhalt Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103551
#xalqaro_forum #natija #memorandum
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤14👍7🎉3🔥2
#tanlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi.
Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir.
Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang!
📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
➖ 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling;
➖ e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring.
Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!
📃Tanlov nizomi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!

🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari;
🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari;
🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.
Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!
📃Tanlov nizomi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍5
Bugun xalqaro konferensiya va ilmiy-ta’lim forumiga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni!
Joriy yil 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va ilmiy nashrlar mavzusiga bag‘ishlangan ikki yirik xalqaro tadbir o‘tkaziladi:
Tadbirlar oliy ta’lim tizimida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasida raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqishga qaratiladi.
Sana: 27–28-noyabr 2025-yil
Joy: Sarbon universiteti, Toshkent shahri
Format: oflayn va onlayn (O‘zbekiston viloyatlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun)
Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz, rus
Asosiy yo‘nalishlar:
Qo‘shimcha ma’lumot:
Tadbir materiallari “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”, “INFOLIB” va “KUTUBXONA.UZ” jurnallarida chop etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Unddhxxsj9f4GdEt7
So‘nggi muddat: 20-noyabr 2025-yil
Batafsil 👈
🔁 English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏6👍2😱1
Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️
📥 “SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
📥 “INNOVO” fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️
Muddat: 01.12.2025
Muddat: 01.12.2025
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
“IPC-CUP” kibersport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi
19-noyabr kuni Xalqaro press klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.
Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19-noyabr kuni Xalqaro press klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.
Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
FIFA Solo (yakkalik) yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin – Shohrux Shermatov (O‘zbekiston milliy universiteti)
2-o‘rin – Muzaffar Smailov (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)
3-o‘rin – Shingiz Ahmedov (Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali)
FIFA Duo (jamoaviy) bo‘yicha
1-o‘rin – Javlon Esonov va Qahramon Solihboyev (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)
2-o‘rin – Diyor Umirzakov va Asilbek Asadov (Vebster universiteti)
3-o‘rin – Sardorxo‘ja Akromxo‘jayev va Azizxon Toirxonov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)
PUBG bo‘yicha jamoaviy natijalar
1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2-o‘rin – Vebster universiteti
3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
CS2 bo‘yicha jamoaviy natijalar
1-o‘rin – Vebster universiteti
2-o‘rin – Inha universiteti
3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍6🤩5😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Besh tashabbus olimpiadasining eng hayajonli onlari
#sharhsiz #jarayon #besh_tashabbus

❤18🤩8🔥5👍2