Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Berlinda xalqaro forum doirasida muhim uchrashuvlar o‘tkazildi

18-noyabr kuni O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov Germaniyaning yetakchi akademik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbir ikki davlat o‘rtasida ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish va ilmiy integratsiyani jadallashtirishga qaratildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim hamjamiyatlari o‘rtasida shakllanayotgan strategik hamkorliklar ikki davlatda ilmiy izlanishlar, innovatsion faoliyat va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, forum doirasida Germaniyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, talabalarning ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyat bo‘yicha taassurotlari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103538

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
211🔥5🎉5👏3
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida pedagogika oliy ta’lim muassasalari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, akademik muloqot va tajriba almashuvini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan o‘quv-amaliy laboratoriyalar, kreativ markazlar, Registrator ofisi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103550

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
6👏1
Germaniya universitetlari bilan 60 dan ziyod hamkorlik hujjatlari imzolandi

Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi yakunida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Germaniya oliygohlari o‘rtasida 64 ta o‘zaro hamkorlik kelishuvi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Anhalt Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103551

#xalqaro_forum #natija #memorandum

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
14👍7🎉3🔥2