Berlinda O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi o‘tkazildi
18-noyabr kuni o‘tkazilgan mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, unda ikki tomondan 200 ga yaqin universitet va ilmiy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekistonning Germaniyadagi favquloddagi va muxtor elchisi Dilshod Axatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Germaniya Federal ta’lim va tadqiqot vazirligi (BMBF) xalqaro hamkorlik departamenti rahbari o‘rinbosari Sandra Leneke ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohalarida shakllanib borayotgan ishonchli aloqalar va istiqboldagi loyihalar haqida so‘z yuritdilar.
Forum doirasidagi “Ta’lim va akademik hamkorlik” hamda “Tadqiqotlar va innovatsiyalar” panel ygʻilishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekiston talabalari uchun Germaniyada amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, strategik ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish kabi tashabbuslar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston–Germaniya rektorlari forumi ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤18👍9🔥1
#Yosh_muhandislar #Talabaga_imkoniyat
Yosh muhandislar maktabi ochildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bepul ta’lim — teng imkoniyat” shiori ostida Yosh muhandislar maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, Yoshlar akademiyasi vakillari bilan bir qatorda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S. Sayfullayeva hamda O‘ZLIDEP yoshlar qanoti vakili J. Umarov ishtirok etdi. Ular ushbu tashabbus yoshlarning kasbiy yo‘nalish tanlashida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi.
Mazkur maktabda matematika, fizika, kimyo, ingliz tili va zamonaviy kasblar yo‘nalishida darslar yo‘lga qo‘yildi. Mashg‘ulotlar institutning tajribali o‘qituvchilari tomonidan nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilmoqda.
Tashabbus yoshlar uchun muhandislik sohasiga kirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

❤11👍5
Berlinda xalqaro forum doirasida muhim uchrashuvlar o‘tkazildi
18-noyabr kuni O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov Germaniyaning yetakchi akademik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tadbir ikki davlat o‘rtasida ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish va ilmiy integratsiyani jadallashtirishga qaratildi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim hamjamiyatlari o‘rtasida shakllanayotgan strategik hamkorliklar ikki davlatda ilmiy izlanishlar, innovatsion faoliyat va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, forum doirasida Germaniyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, talabalarning ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyat bo‘yicha taassurotlari tinglandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103538
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv

2❤11🔥5🎉5👏3