Edu.uz
131K subscribers
30K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Kanada delegatsiyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kanada elchixonasi hamda Kanadaning bir qator ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida Kanada Elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha ikkinchi kotibi Yurgita Rushkite, Niagara kollejining global rivojlanish bo‘yicha biznes rahbari va Douglas kollejining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103498

#xalqaro_hamkorlik #Kanada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍8👏1
#Xalqaro_munosabatlar #Talabalar_sporti

Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi tashkil etildi


Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasining Ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mongoliyadan delegatsiyalar qatnashib, mintaqada talabalar sportini rivojlantirishga qaratilgan yangi tuzilma — Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha yakdil qaror qabul qilindi.

Shuningdek, FISU prezidenti Leonz Eder taklifiga binoan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov yangi tashkil etilgan Federatsiyaning Bosh kotibi etib tayinlandi.

Mazkur qaror O‘zbekistonning mintaqaviy sport sohasidagi faolligi va tashabbuskorligini tasdiqlab, talabalar sporti bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов работы и приоритетным задачам на следующий год по сокращению бедности и обеспечению занятости населения.

#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍7
Berlinda O‘zbekiston–Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi o‘tkazildi

18-noyabr kuni o‘tkazilgan mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, unda ikki tomondan 200 ga yaqin universitet va ilmiy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekistonning Germaniyadagi favquloddagi va muxtor elchisi Dilshod Axatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Germaniya Federal ta’lim va tadqiqot vazirligi (BMBF) xalqaro hamkorlik departamenti rahbari o‘rinbosari Sandra Leneke ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohalarida shakllanib borayotgan ishonchli aloqalar va istiqboldagi loyihalar haqida so‘z yuritdilar.

Forum doirasidagi “Ta’lim va akademik hamkorlik” hamda “Tadqiqotlar va innovatsiyalar” panel ygʻilishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekiston talabalari uchun Germaniyada amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, strategik ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish kabi tashabbuslar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston–Germaniya rektorlari forumi ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18👍9🔥1