Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#BeshTashabbus #final
#Guliston_2025
#3_kun

Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ommaviy sport musobaqa o‘yinlari yakuniga
yetmoqda

17-noyabr kuni start olgan va ikki kun davomida qizg‘in tarzda o‘tgan ommaviy sport musobaqa o‘yinlari ertaga, 20-noyabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti sport majmualarida bo‘lib o‘tgan final bosqichi bahslari mini-futbol, stol tennisi, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori darajadagi raqobat bilan kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyon etishdi.

Final bosqich natijalari har bir yo‘nalishda eng kuchli jamoa va sportchilarni aniqlab beradi.

G‘olib va sovrindorlar nomi ertaga ma’lum qilinadi hamda tantanali taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍2
Kanada delegatsiyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kanada elchixonasi hamda Kanadaning bir qator ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida Kanada Elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha ikkinchi kotibi Yurgita Rushkite, Niagara kollejining global rivojlanish bo‘yicha biznes rahbari va Douglas kollejining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103498

#xalqaro_hamkorlik #Kanada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍8👏1
#Xalqaro_munosabatlar #Talabalar_sporti

Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi tashkil etildi


Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasining Ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mongoliyadan delegatsiyalar qatnashib, mintaqada talabalar sportini rivojlantirishga qaratilgan yangi tuzilma — Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha yakdil qaror qabul qilindi.

Shuningdek, FISU prezidenti Leonz Eder taklifiga binoan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov yangi tashkil etilgan Federatsiyaning Bosh kotibi etib tayinlandi.

Mazkur qaror O‘zbekistonning mintaqaviy sport sohasidagi faolligi va tashabbuskorligini tasdiqlab, talabalar sporti bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍2