Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zJOKUda “Hosil bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuz faslining eng ko‘rkam pallasi — pishiqchilik va hosil yig‘im-terimi davriga bag‘ishlangan “Hosil bayrami” festivali katta tantana bilan nishonlandi.

O‘zJOKUning barcha fakultetlari bayramga ijodiy va yangicha yondashuv bilan hissa qo‘shdilar. Har bir fakultet milliy taomlar, kuz ne’matlari, o‘ziga xos dekorlar hamda talabalarning ijodiy ishlari bilan bayramda qatnashdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1913🤔4😁2😱2
#Xushxabar #QS #Reyting

O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!


18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.

O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin
🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin
🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103292

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍17😁10🤔4😱2
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной работы и приоритетным задачам на следующий год в области сокращения бедности и обеспечения занятости населения.

Facebook|Instagram|X
18👍7😁1
🟦🟦🟦 🟦🟦

Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar!


📚 Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz!

😎 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling!

🏢 2025-yil 3-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
matematika
🧑‍🔬 kimyo
🌎 geografiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili
🇩🇪 nemis tili

📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 25-noyabr soat 24:00 ga qadar

❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🤖 NATIJA BOT

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
Xalqaro BTEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda

“Pearson Education Limited” kompaniyasining xalqaro ekspertlari — Saymon Toplis, Neil Uotkins, Saymon Guldon va Jois Xarvi tomonidan 14 ta texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan 180 nafar pedagog va rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.

Kurslar davomida tinglovchilarda o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda Muhandislik, Qurilish, Mehmonxona xo‘jaligi, Sayohat va turizm hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida BTEC kvalifikatsiyalarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

#Kasbiy_taʼlim #Malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍63🔥1
#BeshTashabbus #final
#Guliston_2025
#3_kun

Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ommaviy sport musobaqa o‘yinlari yakuniga
yetmoqda

17-noyabr kuni start olgan va ikki kun davomida qizg‘in tarzda o‘tgan ommaviy sport musobaqa o‘yinlari ertaga, 20-noyabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti sport majmualarida bo‘lib o‘tgan final bosqichi bahslari mini-futbol, stol tennisi, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori darajadagi raqobat bilan kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyon etishdi.

Final bosqich natijalari har bir yo‘nalishda eng kuchli jamoa va sportchilarni aniqlab beradi.

G‘olib va sovrindorlar nomi ertaga ma’lum qilinadi hamda tantanali taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍2