#talabaga_qulaylik #ARM_ochilishi
Guliston davlat universitetida zamonaviy Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
17-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi musobaqasi doirasida Guliston davlat universitetining yangi barpo etilgan, 600 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion Axborot-resurs markazi ishga tushirildi.
Mazkur ma’rifat markazining ishga tushirilishi tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsinjon Xodjiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Qarshiboyev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/102772
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤14👍6
INNO texnoparkida Erasmus+ doirasidagi “GreenEngine” xalqaro loyihasining taqdimoti o‘tkazildi
17-noyabr kuni INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Erasmus+ doirasidagi “GreenEngine” xalqaro loyihasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov so‘zga chiqib, loyihaning milliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Qayd etilganidek, loyiha Erasmus+ dasturining CBHE yo‘nalishi doirasida amalga oshiriladi va 2025–2028-yillarda O‘zbekiston, Gruziya, Italiya, Gretsiya va Turkiyadagi 11 ta tashkilot hamkorligini o‘z ichiga oladi.
“GreenEngine” loyihasi doirasida zamonaviy muhandislik ta’limi modeli yaratish, yashil texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, STEAM yondashuvini rivojlantirish, xalqaro talablar asosida muhandislik dasturlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Tadbir yakunida xalqaro tadbir ishtirokchilari INNO texnoparkining laboratoriyalari, ishlab chiqarish zonalari va amaliy ta’lim maydonchalarini ko‘zdan kechirdi hamda universitet–texnopark–sanoat integratsiyasi bo‘yicha tajribasini yuqori baholadi.

❤10👍3👏1😁1
Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarida pedagoglar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda
Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda malaka oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov ishtirok etib, uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda tinglovchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning samarali usullari yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminar davomida ishtirokchilar savol-javoblar va muhokamalar orqali uzluksiz kasbiy rivojlanish samaradorligini oshirishga doir ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.
Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va malaka oshirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

❤14🎉1