Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar

🟦🟦🟦

Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlarining yagona
intellektual elektron platformasida
loyiha taqdim etish


📆Sana:
19.11.2025
Vaqti: 11:30-12:30

🗣Seminar YouTube'dagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Havola: https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
#kasbiy_taʼlim

Vazir Sirdaryoda: texnikumlarda amaliyot sifatini oshirish ishlari jadallashmoqda


17-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Guliston shahar 2-son texnikumida bo‘lib, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, vazir o‘quv jarayonining tashkil etilishi, amaliy mashg‘ulotlar dasturlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, texnikumning o‘quv ustaxonasini ko‘zdan kechirib, mavjud texnik jihozlanish, amaliyot uchun yaratilgan sharoitlar va mutaxassis tayyorlash tizimidagi yangilanishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.

Shuningdek, Sirdaryodagi korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda xalqaro ta’lim dasturlari ko‘lamini kengaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍107
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥“SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025

📥“INNOVO” fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda qator hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

🔰 Tadbirlar doirasida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov Xitoyning Tyanjin Boxay Kasb-hunar kollejida bo‘lib, Xitoyning zamonaviy Lyu Ban ustaxonasi, kasbiy ta’lim tizimi, ilg‘or ta’lim metodlari va istiqbolli yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.


Xususan, sun’iy intellekt asosidagi kimyoviy sanoat muhandisligi, elektronika va mexanika muhandisligi hamda aqlli qurilish kabi sohalarga ixtisoslashgan ustaxonalar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ta’lim muassasasi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki tijorat maqsadlarida ham faoliyat yuritadi, bu borada 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim muassasasida tayyorlangan sanoat uchun zarur mahsulotlar korxonalarga shartnoma asosida sotiladi.

📊 Ustaxonalarda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli sanoat korxonalarining simulyatsion ko‘rinishlari mavjud, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarida, korxonaga bormasdan maxsus 3D texnologiyalarda tajriba oshiradilar.

Uchrashuvlar davomida kasbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘quvchilar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7👏2🎉1
#Olimlar_minbari
#10.11-16.11.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Yangi Markaziy Osiyo: u qanday bo‘ladi?” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

Amerikalik tadbirkorlarning O‘zbekiston islohotlariga ishonchi baland” — Sadriddin Turobjonov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

Yuta shtati tajribasi: Din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari” — Muzaffar KOMILOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori

Agrar sohada istiqbolli marralar” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

O‘zbekiston – AQSh hamkorligining yangi sahifasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

Tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

Islohotlar – inson qadri uchun” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot universiteti rektori;

Okeanortining ilg‘or tajribasi milliy ta’limni global standartlarga mos rivojlantirishda muhim qadam” — Maqsud YO‘LDOSHEV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

O‘zbekiston va YI: Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari” — Baxtiyor MARDONOV, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori, professor;

Buyuk kelajak nizomi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

Global raqobat muhitidagi dadil qadamlar” — Orzu DAVRONOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;

«Наука и образование открывают путь к всеобщему благополучию» — Барно АБДУЛЛАЕВА, доктор педагогических и психологических наук, профессор Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами;

«Новые горизонты развития науки и образования в Узбекистане» — Малохат НАРБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам;

Bolalar kardiojarrohligida alohida maktab yaratamiz” — Bobur TOʻRAYEV, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar koʻp tarmoqli klinikasi kardioxirurgiya boʻlimi kardiojarrohi;

Ko‘hna obidalar uzra dunyo ovozi yangramoqda” — Hamidjon RASULOV, Qo‘qon universitetining Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri;

Iboralar hikoyati” — Alibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik;

Yuksak e’tibordan kuch oldim” — Mels KABULOV, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori;

«Инновационный подход к развитию экономики и агросектора» — Саидасрор ГУЛЯМОВ, профессор Ташкентского государственного аграрного университета;

«Туризм - стратегически важный сектор» — Фуркат РАЖАБОВ, декан факультета туризма Чирчикского государственного педагогического университета, доктор педагогических наук;

«Миссия интеллигенции — развитие родного языка» — Наргиза РАШИДОВА, доцент Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BeshTashabbus #final
#Guliston_2025
#1_kun_video

Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasi respublika final bosqichining ilk kunidan


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍94🔥2
#talabaga_qulaylik #ARM_ochilishi

Guliston davlat universitetida zamonaviy Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi


17-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi musobaqasi doirasida Guliston davlat universitetining yangi barpo etilgan, 600 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion Axborot-resurs markazi ishga tushirildi.

Mazkur ma’rifat markazining ishga tushirilishi tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsinjon Xodjiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Qarshiboyev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/102772

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
14👍6