Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Barkamol_avlod #Dzyudo

Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

Joriy yilning 11–14-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Jami 11 ta jamoa, qariyb 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi murosasiz kurashda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

🥇-oʻrin Toshkent shahri
🥈-oʻrin Qashqadaryo viloyati
🥉-oʻrin Buxoro viloyati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» состоялась торжественная церемония встречи Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева, прибывшего в нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍133
Ta’lim muassasalarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlari muhokama qilindi

Prezidentning 316-sonli qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni erta yoshdan kasb tanlashga yo‘naltirish hamda ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish masalasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishchi guruh tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutaxassislaridan iborat.

Yig‘ilishda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, mahalliy amaliyotni tahlil qilish va samarali yondashuvlarni birlashtirish orqali ta’lim tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasidan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍1
Xalqaro anjumanda til va adabiyotning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Navoiy davlat universitetida “O‘zbekistonning ko‘p madaniyatli muhitida til va adabiyotni o‘qitishda innovatsion va raqamli texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan tilshunoslar, adabiyotshunoslar, pedagoglar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

Anjumanda zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida ma’ruzalar tinglandi, fikr almashuvlar va mavzuga doir muhokamalar o‘tkazildi. Anjuman yakuni bo‘yicha 100 dan ortiq mahalliy, shuningdek 20 ga yaqin xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari jamlanadigan ilmiy to‘plam chop etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍4