Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍3🔥1
#Barkamol_avlod #Dzyudo

Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

Joriy yilning 11–14-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Jami 11 ta jamoa, qariyb 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi murosasiz kurashda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

🥇-oʻrin Toshkent shahri
🥈-oʻrin Qashqadaryo viloyati
🥉-oʻrin Buxoro viloyati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» состоялась торжественная церемония встречи Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева, прибывшего в нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍133
Ta’lim muassasalarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlari muhokama qilindi

Prezidentning 316-sonli qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni erta yoshdan kasb tanlashga yo‘naltirish hamda ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish masalasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishchi guruh tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutaxassislaridan iborat.

Yig‘ilishda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, mahalliy amaliyotni tahlil qilish va samarali yondashuvlarni birlashtirish orqali ta’lim tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍4