Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 13–14-noyabr kunlari Erasmus+ I2-PLEDGE (“Innovative and Interdisciplinary Programmes in Biomedical Engineering to Leverage and Exploit the Digital Growth programme for students’ Employability in Uzbekistan”) loyihasining yakuniy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
Tadbir Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanda Yevropa Ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gretsiya, Italiya, Germaniya va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida ekspertlar tomonidan loyihaning amalga oshirilgan natijalari, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish, xalqaro tajriba almashinuvi hamda kelgusidagi barqaror hamkorlik istiqbollari yuzasidan taqdimot va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍10❤3😁3🔥2👏2
Forwarded from "El-yurt umidi" Foundation
#Bilasizmi
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
❓ Stipendiyalar qaysi taʻlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
➖ bakalavriatda — 3-4 yilga qadar;
➖ magistratura (ordinatura) — 1-2 yilga qadar;
➖ doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar.
❗️ Boshqaruv kengashi qarori bilan: ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.
Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan yosh mutaxassislarni tayyorlashda yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Rajabov “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Sh. Daminov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni davlat boshqaruvi va iqtisodiyot sohalarida faol ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratish haqida so‘z bordi.
Tomonlar bitiruvchi va stipendiantlarni davlat muassasalarida amaliyot va stajirovkalarga joylashtirish, shuningdek, “Internship Program” dasturini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildilar.
Kelgusida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida amaliyot o‘tashlari bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

❤8👍3🔥1
#Taqdirlash #Evrika_tanlov
“Evrika” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
12-noyabr kuni “Renessans” kino uyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘ibot markazi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Evrika” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni “O‘zbekiston Qahramoni”, Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ochib berdi.
Tanlovda 5 ta nominatsiya bo‘yicha 20 nafar g‘olib aniqlanib, ularga pul mukofotlari, statuetkalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

❤8👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida xalqaro anjuman va sport musobaqalari o‘tkazildi
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 16-noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi” boshlandi.
Haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik — jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Qozog‘iston, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, pravoslav va protestant jamoalari vakillari ishtirok etdi. Ma’ruzalar davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida akademiya tomonidan o‘tkazilgan “Diniy bag‘rikenglik — tinchlik va taraqqiyot asosi” insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Shuningdek, turli diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor” shiori ostida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va “Zakovat” intellektual musobaqalaridan iborat “Bag‘rikenglik kubogi” sport festivali o‘tkazildi. G‘olib jamoa va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👏12❤3
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
—
15-16 ноября в городе Ташкенте под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева пройдет седьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤12👍7
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi
Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

❤14👍3🔥1
#Barkamol_avlod #Dzyudo
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 11–14-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Jami 11 ta jamoa, qariyb 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
✅ Akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi murosasiz kurashda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🥇-oʻrin Toshkent shahri
🥈-oʻrin Qashqadaryo viloyati
🥉-oʻrin Buxoro viloyati

❤11👍2