Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi markaziy va xorijiy OAV nigohida

UzDaily.uz — O‘zbekiston va Xitoy ta’lim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar;

Yuz.uz — O‘zbekiston va Xitoy kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda;

UzA — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;

Yuz.uz — Узбекистан и Китай углубляют сотрудничество в сфере образования, науки и инноваций;

Zamon.uz — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;

UzA — O‘zbekiston va Xitoy yana bir sohada aloqalarni mustahkamlamoqda;

UzA — Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning yetakchi universiteti bilan hamkorlik qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi Qashqadaryoda start oldi

Ayni damda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo turi bo‘yicha respublika final bosqichi qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Musobaqani viloyat boshqarma boshliqlari va mas’ul vakillar tantanali ravishda ochib berdi.

Unda 11 ta jamoa, jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi tatami ustida o‘z kuchini sinovdan o‘tkazmoqda. Sportchilar har bir g‘alaba uchun bor mahoratini ishga solmoqda.

Dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi 14-noyabrgacha Shahrisabz shahrida davom etadi.

#Sport #Barkamol_avlod #Dzyudo #Final

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍6🔥1
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Центральная Азия на пороге новой эпохи".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍145🔥1
Namangan va Andijon kasbiy ta’lim tizimi vakillari Germaniyada tajriba almashdilar

Namangan va Andijon viloyatlari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va texnikum rahbarlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 10–12-noyabr kunlari Germaniyaning Leypsig shahriga xizmat safari uyushtirdi.

Tashrifdan maqsad — Germaniyaning “Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH” (“ZAW-Leipzig”) markazi bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini Namanganda joriy etish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishishdir.

Safar davomida delegatsiya a’zolari ZAW-Leipzig markazidagi elektrotexnika, metallarga ishlov berish va gastronomiya (oshpazlik) yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Leypsig shahridagi Savdo-sanoat palatasi, “Siemens Energy” va “Amazon BBG” korxonalariga ham borilib, dual ta’lim asosida yaratilgan sharoitlar hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlari o‘rganildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍72👏1
📢 4️⃣4️⃣4️⃣

Joriy yil 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va ilmiy nashrlar mavzusiga bag‘ishlangan ikki yirik xalqaro tadbir o‘tkaziladi:

🟢Erasmus+ Milliy ekspertlar jamoasining (HEREs) yillik xalqaro konferensiyasi“O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” mavzusida;
🟢Yillik ilmiy-ta’lim forumi“Ilmiy axborotdan foydalanish va nashr faolligi” mavzusida.

Tadbirlar oliy ta’lim tizimida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasida raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqishga qaratiladi.

Sana: 27–28-noyabr 2025-yil
Joy: Sarbon universiteti, Toshkent shahri

Format: oflayn va onlayn (O‘zbekiston viloyatlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun)
Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz, rus

Asosiy yo‘nalishlar:
✔️Oliy ta’limda raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar;
✔️Bolonya jarayoni va xalqaro hamkorlik;
✔️Erasmus+ dasturlari doirasida mintaqaviy loyihalar;
✔️Ilmiy nashrlar, bibliometrika va universitetlar reytingi;
✔️Kutubxonalarning zamonaviy axborot xizmatlaridagi o‘rni.

Qo‘shimcha ma’lumot:
Tadbir materiallari “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”, “INFOLIB” va “KUTUBXONA.UZ jurnallarida chop etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Unddhxxsj9f4GdEt7
So‘nggi muddat: 20-noyabr 2025-yil

Batafsil 👈

🔁 English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
Jizzax davlat pedagogika universitetida pedagoglar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Uzoqboy Begimqulov ishtirok etdi. Seminar davomida pedagoglar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish, yangi metodik yondashuvlarni joriy etish hamda tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning samarali usullari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetda professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy mahoratini oshirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11👍108😁1😱1