Toshkentda “E-TechExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
“O‘zekspomarkaz” majmuasida o‘tkazilayotgan
“E-TechExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasida Innovatsion rivojlanish agentligi pavilyoni tashkil etilib, 20 dan ortiq startap va tijoratlashtirish loyihalari namoyish etildi.
11-noyabr kuni tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, elektrotexnika va robototexnika sohasidagi startap loyihalar, tijoratlashtirish ishlanmalari va Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ko‘rgazma doirasida 1,7 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi. Unda 500 dan ortiq innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik yechimlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari namoyish qilindi.
#E_TechExpo_2025
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍11❤8🤔2🔥1
O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “O‘zbekiston — oliy ta’limda global hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi” sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉 Maqolani o‘qish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “O‘zbekiston — oliy ta’limda global hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi” sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉 Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Professor yangi avlod qurilish materiali — keramika blok xomashyosini taqdim etdi
Jizzax politexnika instituti professori Baxtiyor Sobirov energiya tejamkor va ekologik xavfsiz qurilish materialini — yangi turdagi keramika blok xomashyosini ishlab chiqdi. Mazkur innovatsion xomashyo yengil, g‘ovakli, issiqlik va sovuqlikni o‘tkazmaydi, yonmaydi, chirimaydi hamda turli bakteriya va mikroblarga bardoshliligi bilan ajralib turadi.
Bu loyiha haqida videolavhada batafsil ma’lumot beriladi. Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍9
Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi
Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur hujjat bilan bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishiga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, endilikda:
🔹 bitiruvchilar va ularni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtiriladi;
🔹 “Kelajakka qadam” dasturi tijorat banklari oʻrtasida kengaytiriladi;
🔹 oliy taʼlim dasturlariga biznes koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan fanlar kiritiladi;
🔹 bitiruvchilar bandligini monitoring qilish tartibi yangilanadi;
🔹 bitiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap va innovatsion loyihalar grant mablagʻlari orqali qoʻllab-quvvatlanadi.
Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilib, u vakolatli tijorat banklari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu mablagʻ bitiruvchilar amaliyotini moliyalashtirish, startap va innovatsion loyihalarga grantlar berish hamda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi.
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 milliard soʻmgacha bo‘lgan kreditlar taqdim etiladi. Har bir milliard soʻmlik kredit uchun tadbirkor kamida bitta bitiruvchini ishga qabul qilishi shart etib belgilangan.
Shuningdek, talabalarning amaliyoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun oliy taʼlim muassasasi, ish beruvchi va talaba oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Zaruratga koʻra, talabalar xorijdagi qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Qarorda “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi sakkizta tijorat banki roʻyxati va mablagʻ taqsimoti ham tasdiqlandi.

❤14👍3
O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi markaziy va xorijiy OAV nigohida
➖ UzDaily.uz — O‘zbekiston va Xitoy ta’lim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar;
➖ Yuz.uz — O‘zbekiston va Xitoy kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda;
➖ UzA — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;
➖ Yuz.uz — Узбекистан и Китай углубляют сотрудничество в сфере образования, науки и инноваций;
➖ Zamon.uz — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;
➖ UzA — O‘zbekiston va Xitoy yana bir sohada aloqalarni mustahkamlamoqda;
➖ UzA — Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning yetakchi universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
➖ UzDaily.uz — O‘zbekiston va Xitoy ta’lim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar;
➖ UzA — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;
➖ Zamon.uz — Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi;
➖ UzA — Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xitoyning yetakchi universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi Qashqadaryoda start oldi
Ayni damda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo turi bo‘yicha respublika final bosqichi qizg‘in tarzda davom etmoqda.
Musobaqani viloyat boshqarma boshliqlari va mas’ul vakillar tantanali ravishda ochib berdi.
Unda 11 ta jamoa, jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi tatami ustida o‘z kuchini sinovdan o‘tkazmoqda. Sportchilar har bir g‘alaba uchun bor mahoratini ishga solmoqda.
Dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi 14-noyabrgacha Shahrisabz shahrida davom etadi.
#Sport #Barkamol_avlod #Dzyudo #Final

❤16👍6🔥1