Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

➡️Mazkur imtihon uchun talabgorlar 17-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz

Imtihon 18-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi.

📍Imtihonlar o‘tkaziladigan 9 ta hudud ro‘yxati:
➡️USTIGA BOSING

➡️ iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview

Murojaat uchun:
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari diqqatiga!

Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi?

Agar o‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olgan bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!

Migratsiya agentligi chet tili o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya dasturini e’lon qildi.

Endi o‘quvchilaringiz yutuqlari uchun 50 million so‘mgacha subsidiya olish imkoniyati mavjud!

Ishtirok etish tartibi:
👉 my.gov.uz platformasi orqali 2025-yil 25-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘ting.
🧾 O‘quvchilaringiz haqida ma’lumotlarni kiriting.
📈 Reytingda ishtirok eting va g‘oliblar safidan o‘rin oling!

⚠️ E’tibor bering!
Ushbu imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun (ariza topshirishda o‘quvchilarning xalqaro sertifikatlarini yuklash talab etiladi).

👉 Ariza yuborish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Bugun mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan kasaba uyushmalari xodimlari o‘z kasb bayramini nishonlaydi.

Kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.

Mehnat jamoalari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, har bir xodimning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

💐 Kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
19👍7
Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazi ochildi

10-noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka fotoelektr stansiyasida Toshkent davlat texnika universiteti va “China Datang” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz faoliyati “tarmoq – korxona – oliygoh” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, talabalarga ishlab chiqarish jarayonida amaliy bilim va tajriba orttirish imkonini yaratadi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar ilmiy loyihalar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

#Dual_taʼlim #ochilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1310
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida xavfsizlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi

11-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati rahbar xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy tahlil qilindi.

Vazir ta’lim muassasalari rahbarlari va tyutorlarning har bir talaba bilan ishlash, ijara uylarida yashovchi yoshlarning holidan muntazam xabardor bo‘lish zarurligini ta’kidladi. Ularning yong‘in va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish belgilandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimlarining uzluksiz ishlashi, kasbiy ta’lim muassasalarida qozonxona jihozlarini yangilash va ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, oliy ta’lim tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ish haqi, stipendiya va shartnoma to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
18👍7🤔2🔥1
#Fan_olimpiadasi #Xorijiy_tillar

Xorijiy tillar fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi


11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon va arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga omad tilab, olimpiada tartibi va jarayoni bilan tanishtirdilar.

Olimpiada davomida talabalar o‘z bilim va mahoratlarini test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlarida sinovdan o‘tkazadilar. Mazkur tanlov til o‘rganuvchi yoshlarning tafakkurini kengaytirish va ularning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍85