#xalqaro_anjuman
Buxoroda Oziq-ovqat fanlari va foodomika bo‘yicha birinchi Ipak yo‘li xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani bo‘lib o‘tdi
3–5-noyabr kunlari Buxoro shahrida “Oziq-ovqatshunoslik va fudomika bo‘yicha birinchi Ipak yo‘li” konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbir Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi ECAMPUZ loyihasi shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqatshunoslik va texnologiyalar jamiyati tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Buxoro davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Uch kun davom etgan xalqaro ilmiy anjumanda Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari hamda yosh olimlar ishtirok etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101024
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤13👍7🔥1👏1
Kasbiy ta’limda xalqaro hamkorlik kengaymoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va unga biriktirilgan To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi vakillari Xitoyning Jinan shahrida xizmat safarida bo‘lib, Shandong Tijorat va texnologiya instituti (SICT) hamda Hezi Axborot muhandisligi kolleji bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ushbu hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt va akademik mobillik dasturi doirasida talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi.
Bu hamkorlik To‘rtko‘l tumanidagi kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101105

❤10
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
Imtihon 18-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi.
Murojaat uchun:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari diqqatiga!
Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi?
Agar o‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olgan bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Migratsiya agentligi chet tili o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya dasturini e’lon qildi.
Endi o‘quvchilaringiz yutuqlari uchun 50 million so‘mgacha subsidiya olish imkoniyati mavjud!
Ishtirok etish tartibi:
👉 my.gov.uz platformasi orqali 2025-yil 25-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘ting.
Ushbu imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun (ariza topshirishda o‘quvchilarning xalqaro sertifikatlarini yuklash talab etiladi).
👉 Ariza yuborish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
Bugun mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan kasaba uyushmalari xodimlari o‘z kasb bayramini nishonlaydi.
Kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.
Mehnat jamoalari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, har bir xodimning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!
💐 Kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!

❤19👍7
Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazi ochildi
10-noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka fotoelektr stansiyasida Toshkent davlat texnika universiteti va “China Datang” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz faoliyati “tarmoq – korxona – oliygoh” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, talabalarga ishlab chiqarish jarayonida amaliy bilim va tajriba orttirish imkonini yaratadi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar ilmiy loyihalar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
#Dual_taʼlim #ochilish

👍13❤10
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida xavfsizlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi
11-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati rahbar xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy tahlil qilindi.
Vazir ta’lim muassasalari rahbarlari va tyutorlarning har bir talaba bilan ishlash, ijara uylarida yashovchi yoshlarning holidan muntazam xabardor bo‘lish zarurligini ta’kidladi. Ularning yong‘in va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish belgilandi.
Yig‘ilishda, shuningdek, ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimlarining uzluksiz ishlashi, kasbiy ta’lim muassasalarida qozonxona jihozlarini yangilash va ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, oliy ta’lim tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ish haqi, stipendiya va shartnoma to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

❤18👍7🤔2🔥1