Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari universitet faoliyati bilan tanishib, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlariga davlat mukofotlarini topshiradi hamda ular bilan tizimdagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni muhokama qiladi.

Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетит Ташкентский государственный медицинский университет.

Глава государства ознакомится с деятельностью университета, вручит государственные награды работникам сферы здравоохранения и фармацевтики, а также обсудит с ними результативность реформ в системе и приоритетные задачи на следующий год.

Facebook|Instagram|X
👍149
Forwarded from Aileaders.uz
Sunʼiy intellekt orqali kelajak sari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn ochiq muloqot oʻtkazadi.

Ochiq muloqotda:

➡️“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi transformatsiyasi;
➡️aileaders.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish ketma-ketligi;
➡️Loyiha doirasidagi tanlovlar tartibi;
➡️Savol-javoblar boʻlib oʻtadi.


📈Sana: 11-noyabr;
Soat: 09:45.

❗️Jonli efir aileaders.uz telegram kanali hamda Raqamli texnalogiyalar vazirligining rasmiy youtube kanali va facebook sahifasida boʻlib oʻtadi.

⚜️Ochiq muloqotda ishtirok eting va sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish imkoniyati bilan tanishing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5👍1🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak muhandislari uchun yangi imkoniyat! Tashkent Tech’da bepul tayyorlov kurslari boshlandi

O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi texnika universiteti — Tashkent Tech barcha abituriyentlarni maxsus tayyorlov kurslari (Foundation)ga taklif qiladi!

Tashkent Tech universiteti jahonning ilg‘or standartlariga asoslangan va innovatsion ta’lim asosida kelajak muhandislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan davlat oliygohi hisoblanadi.

Tayyorlov kurslarida o‘qish mutlaqo BEPUL!

🕓 Kurslar kimlar uchun?
11-sinf o‘quvchilari;
Akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilari;
Oʻqishga kirish istagida bo‘lgan barcha abituriyentlar.

🕓 Darslar qaysi vaqtlarda oʻtkaziladi?
Maktab darslaridan bo‘sh vaqtlarda;
Kunning ikkinchi yarmida;
Haftasiga 3 marotaba.

🕓 Kurslarda nimalar oʻrgatiladi?
Matematika, fizika va ingliz tili fanlari;
Muhandislik va robototexnikaga oid master-klasslar;
Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar.

📌 Tayyorlov kurslariga arizalar qabuli davom etmoqda. Shoshiling – joylar soni chegaralangan!

📄
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori

👉🏻 Ariza topshirish | Batafsil | Telegram kanal
📞 +998 77 288-82-82
✏️ @tashtech_uni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍75
🩺 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.


Jumladan, oliy ta’lim muassasalari orasida quyidagi professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi:

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universiteti, oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori
🟢Kabulov Mels — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori

II daraja “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri

“Shuhrat” medali bilan
🟢Turayev Bobur Batir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi, kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi.

Ularning mehnati yurtimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilib olamiz.

Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar!

Bularning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi deb ishonaman!
”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
14👍3
Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.

Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi.

Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur
”,

– dedi Prezident.

Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi.

Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi.

Facebook|Instagram|X
9
Bundan buyon tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi.

Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.

Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.

Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.

Facebook|Instagram|X
👍92
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.

Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.

Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.

Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi.

Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.

Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.

Facebook|Instagram|X
10
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo o‘z bilimini yangilab turmog‘i lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli so‘zlari oradan ming yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi.

Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim bo‘ladi.

Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yo‘lga qo‘yiladi.

Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limi markazi tashkil qilinadi.

Facebook|Instagram|X
15👍5
📢 E’LON

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🟢Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja (PhD, DSc) va ilmiy unvonga ega bo‘lish;
🟢Kamida 10 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
🟢“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, PQ–4375-son Prezident qarori (2019-yil 28-iyun) va VMQ–419-son qarori (2025-yil 7-iyul) mazmunini bilish.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
Pasport yoki ID-karta nusxasi;
Diplom (oliy ma’lumot, ilmiy daraja, ilmiy unvon) nusxalari;
Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, xorijiy tilni bilish sertifikati (milliy yoki xalqaro);
Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma.

Hujjatlar joriy yilning 10-dekabriga qadar bevosita (oflayn tarzda) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 217–81–01
🕒 Murojaat vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Ташкентский государственный медицинский университет и ознакомился с презентацией работ по цифровизации системы здравоохранения, повышению качества услуг и развитию медицинского образования.

#Mirziyoyev #tanishuv #tibbiyot #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥65👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy ta’lim uchun ilg‘or yechimlar bilan tanishdi.

Президент нашей страны ознакомился передовыми решениями для цифровизации здравоохранения и медицинского образования.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8👍2