Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ijro intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi

7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ijro intizomini mustahkamlash, jumladan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosining 10 oylik faoliyat tahliliga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. O‘qish onlayn va oflayn shaklda tashkil qilindi.

Tadbir davomida ijro intizomini kuchaytirish, vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish, ijro samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100520

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19👍7😁2🔥1🎉1
#Yashil_makon

“Yashil makon” loyihasi doirasida: vazirlik jamoasi ekologik hasharda faol ishtirok etdi


Bugun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi. Tadbir davomida asosiy yo‘l yoqalarida 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ekologik tashabbus erta tongdan xodimlarning faolligi va uyushqoqligi bilan boshlandi. Hashar jarayonida nafaqat yangi daraxtlar ekildi, balki mavjud yashil hududlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirildi. Shuningdek, avval ekilgan daraxtlarga parvarish ishlari olib borildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍13😱2🔥1
#Yashil_makon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik jamoasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan ekologik hasharda faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida asosiy yo‘l bo‘yida 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, shuningdek, atrof-hudud maishiy chiqindilardan tozalandi.

Mazkur ezgu tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki ekologik muhitni yaxshilash, tabiatga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2415😁4👏2🔥1