Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekistondan ilk bor xalqaro “Take Off Startup” sammitida Turin politexnika universiteti rasmiy hamkor sifatida ishtirok etadi

6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Take Off Startup” sammitiga bagʻishlangan vebinar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turin politexnika universiteti jamoasi, Yoshlar akademiyasi liderlari, deputatlar, iqtidorli talabalar va startap hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

T3 Startup Center direktori va T3 Vakfi Boshqaruv kengashi raisining oʻrinbosari Irem Bayraktar oʻz chiqishida Turkiyaning mazkur nufuzli xalqaro startap sammitida Turin politexnika universiteti ilk bor rasmiy hamkor sifatida ishtirok etayotganini taʼkidladi.

“Take Off Istanbul Startup” sammiti mintaqadagi eng yirik va nufuzli startap forumi hisoblanadi. Unda dunyo boʻylab eng iqtidorli startaplar bir joyga toʻplanib, oʻz loyihalarini xalqaro investorlar, biznes yetakchilari va texnologik ekspertlarga taqdim etadi.

Sammit ishtirokchilari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Ular ilgʻor tajriba va yangi aloqalarga ega boʻlish bilan birga eksklyuziv qoʻllab-quvvatlash (Supports), moliyaviy grantlar va pul mukofotlari (Cash and Grants), $1 millionlik investitsiya jamgʻarmasiga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.


Tadbirga faqat MVP yoki POC bosqichini yakunlagan, rasmiy roʻyxatdan oʻtgan, investitsiya olgan yoki savdo faoliyatini yoʻlga qoʻygan rivojlanish bosqichidagi startaplar taklif etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍4🔥1


Namangandagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Namangandagi qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimotini ko‘zdan kechirdi.


Hilola Umarova viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan birgalikda 1000 o‘rinli mazkur maskan loyihasini ko‘zdan kechirishdi.

To‘raqo‘rg’on tumanidagi agrotexnologiyalar tenikumi hamda Uychi tumanidagi 1-sonli politexnikumi faoliyati ham o‘rganilib, o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.    

Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injineringi fakultetida tashkil etilgan texnoparkida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.

”Sinergiya” raqamli kasblar texnikumiga tashrifda yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT-eksport xizmati hamda istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125😱1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

В Белом доме состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍113
Fuqarolarning shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha rasmiy ogohlantirish
__

Официальное предупреждение о защите персональных и финансовых данных граждан

#ogohlik_davr_talabi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍3🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите лидеров стран Центральной Азии и США в формате «C5+1».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #AQSH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8👍5