#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekiston va Gvineya taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Gvineya Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili Senkoun Silla bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100029
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tadi
2025-yil 8–9-noyabr kunlari Xalqaro press klub tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalarining saralash bosqichi o‘tkaziladi.
Musobaqaning saralash bahslari Yunusobod tumanidagi “Dark Zone” Game Clubida “CS2GO”, “FIFA25” va “PUBG” yo‘nalishlarida tashkil etiladi.
G‘olib jamoalar 19-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etishadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekiston va Bangladesh vazirlari oliy taʼlimda hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Bangladesh Respublikasi Taʼlim vaziri Choudxuri Rafiqul Abrar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Alohida eʼtibor qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlariga qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100058

👍14❤12
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi boshlandi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘lib turibdi.
Davlatimiz rahbarini AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi — senator Stiv Deyns bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
#Mirziyoyev #tashrif #AQSH

👍11❤6👏4
Oʻzbekistondan ilk bor xalqaro “Take Off Startup” sammitida Turin politexnika universiteti rasmiy hamkor sifatida ishtirok etadi
6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Take Off Startup” sammitiga bagʻishlangan vebinar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turin politexnika universiteti jamoasi, Yoshlar akademiyasi liderlari, deputatlar, iqtidorli talabalar va startap hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.
T3 Startup Center direktori va T3 Vakfi Boshqaruv kengashi raisining oʻrinbosari Irem Bayraktar oʻz chiqishida Turkiyaning mazkur nufuzli xalqaro startap sammitida Turin politexnika universiteti ilk bor rasmiy hamkor sifatida ishtirok etayotganini taʼkidladi.
Tadbirga faqat MVP yoki POC bosqichini yakunlagan, rasmiy roʻyxatdan oʻtgan, investitsiya olgan yoki savdo faoliyatini yoʻlga qoʻygan rivojlanish bosqichidagi startaplar taklif etiladi.

“Take Off Istanbul Startup” sammiti mintaqadagi eng yirik va nufuzli startap forumi hisoblanadi. Unda dunyo boʻylab eng iqtidorli startaplar bir joyga toʻplanib, oʻz loyihalarini xalqaro investorlar, biznes yetakchilari va texnologik ekspertlarga taqdim etadi.
Sammit ishtirokchilari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Ular ilgʻor tajriba va yangi aloqalarga ega boʻlish bilan birga eksklyuziv qoʻllab-quvvatlash (Supports), moliyaviy grantlar va pul mukofotlari (Cash and Grants), $1 millionlik investitsiya jamgʻarmasiga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tadbirga faqat MVP yoki POC bosqichini yakunlagan, rasmiy roʻyxatdan oʻtgan, investitsiya olgan yoki savdo faoliyatini yoʻlga qoʻygan rivojlanish bosqichidagi startaplar taklif etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4🔥1
Namangandagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Namangandagi qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimotini ko‘zdan kechirdi.
Hilola Umarova viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan birgalikda 1000 o‘rinli mazkur maskan loyihasini ko‘zdan kechirishdi.
To‘raqo‘rg’on tumanidagi agrotexnologiyalar tenikumi hamda Uychi tumanidagi 1-sonli politexnikumi faoliyati ham o‘rganilib, o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.
Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injineringi fakultetida tashkil etilgan texnoparkida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.
”Sinergiya” raqamli kasblar texnikumiga tashrifda yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT-eksport xizmati hamda istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi.

👍12❤5😱1