Edu.uz
131K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligida kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi

5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning “KfW” taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo departamenti direktori Veronika Garsiya Del Arko hamda mazkur bankning Toshkentdagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Petar Georgiyev bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarning ijrosi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99834

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
25👍9👏2🔥1
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Shvetsiya ta’lim vazirligi davlat kotibi Oskar Voglund Syoderstrуm bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99514

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍10👏2
4️⃣4️⃣4️⃣

📢 Endi sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi!

aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt bo‘yicha bepul o‘qish uchun TOP kurslar:

1️⃣ Introduction to Generative AI - sun’iy intellekt yordamida yangi ma’lumotlar yaratish;

2️⃣ Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure - bulutli texnologiyalar foydalanish;

3️⃣ Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E, and GPT-4 - AI yordamida real ilovalarni yaratish;

4️⃣ Code Yourself: An Introduction to Programming - dasturlash asoslari va kod yozishni o‘rganish;

5️⃣ IoT (Internet of Things) Wireless & Cloud Computing Emerging Technologies - IoT va bulut sohasidagi eng muhim bilimlarni egallash.

Ma’lumot uchun, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Coursera platformasidagi 1 500 dan ortiq kurslarni o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
112👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_TechExpo_2025 – Texnologiyalar olamiga eshik oching!

Yilning eng muhim voqeasi – E-TechExpo-2025 xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!!!

11–13-noyabr kunlari poytaxtimizda 4-xalqaro elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi – E-TechExpo-2025 bo‘lib o‘tadi.

🌐Nima uchun E-TechExpo?

Bu nafaqat ko‘rgazma, balki texnologiyalar dunyosi yuragi:
🔹Yetakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar;
🔹Innovatsion startaplar va global kompaniyalar;
🔹Investorlar va davlat vakillari
— bir maydonda, bir vaqtda!

📆11-12-13-noyabr.
📍“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi, 3-4 pavilon.

🔗Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: bit.ly/ETech_bron_uz

E-TechExpo-2025 — Sizni kutmoqda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent viloyati kasb-hunar taʼlimida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Kulbekova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Jilin shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Safar doirasida Bekobod politexnikumi va Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU) o‘rtasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlik, bilim va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida N. Kulbekova va universitet rektori Cai Guowei hamkorlik memorandumini imzoladilar. Hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt va akademik mobillik dasturi doirasida talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi.

Mazkur memorandum Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍146🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Gvineya taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi


Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Gvineya Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili Senkoun Silla bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100029

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Toshkent talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tadi

2025-yil 8–9-noyabr kunlari Xalqaro press klub tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalarining saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Musobaqaning saralash bahslari Yunusobod tumanidagi “Dark Zone” Game Clubida “CS2GO”, “FIFA25” va “PUBG” yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

📍Mo‘ljal: Shifo Nur klinikasi yonida.

G‘olib jamoalar 19-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etishadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📱 @Shox_ipc

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Bangladesh vazirlari oliy taʼlimda hamkorlikni muhokama qildi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Bangladesh Respublikasi Taʼlim vaziri Choudxuri Rafiqul Abrar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Alohida eʼtibor qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlariga qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100058

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1412